safiy pand-u nasihatlar, ya’ni inson aql-idroki, hamda «ruhiy
pand-u nasihatlar», ya’ni Muqaddas Ruh o'gitlari. Insondagi
ilohiylik haqidagi o‘rta asr an’analariga zid mulohazalari tufayli
Dante tomistlar tanqidiga duchor bo'ldi.
Dante insonparvarligi faqirona hayotni rad etadi, unda inson
qudratiga ishonch mujassamlashgan. Inson o‘z baxtini, o‘z
taqdirini o‘z qo‘li bilan yaratadi. 0 ‘zining baxt-saodatga eri-
shishi uchun o‘zi mutasaddi, o‘zi mas’ul. Buning uchun inson
o‘z shaxsining imkoniyatlariga tayanmog'i lozim. Birovning boyli-
giga yoxud meros tufayli qo‘lga kiritilgan mol-u mulkka ko‘z
tikmaslik darkor. Shuningdek, kimlarningdir ijtimoiy ahvoliga
tayanib boyishni orzu qiladigan kishilarni qattiq qoralaydi.
Dante nafaqat neoplatonizm, balki Sharq mutafakkirlari Abu
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, ayniqsa, Ibn Rushd g‘oyalari
ta’sirida ijod qildi. Ibn Rushdning inson aql-idroki imkoniyatlari
va intellektual faollik haqidagi ta ’limoti bilan tanishgach, Dante
insoniyatning eng muhim vazifasi aql-idrok imkoniyatlaridan
yanada to‘laroq foydalanish, uni kundalik amaliy faoliyatida
imkoniyat boricha tezroq ro‘yobga chiqarish bilan bevosita bog'liq,
degan xulosaga keladi. Bunday umumbashariy, umuminsoniy
vazifani uddalamoq uchun din va cherkov davlat ishlariga ara-
lashmasligi lozim. Din va cherkov insoniyat yechimini kutib
kelgan «abadiy» muammolar bilan mashg'ul bo‘lmog‘i lozim.
Kundalik turmush masalalarining yechimini topish kishilarning
o‘z ixtiyorida bo‘lmog‘i kerak. Turgan gapki, kishilar tinchlik-
osoyishtalik, xotiijamlikka asoslangan, odamlarga baxt-saodat olib
keluvchi jamiyatni barpo qilishga intiladilar.
Gumanistik antoropotsentrizm italiyalik mashhur faylasuf
alloma Piko Della M irandola1 asarlarida o‘zining eng baland
cho'qqisiga ko‘tarildi. ОЧа iste’dodli, boyvachcha graf Piko
yunon, arab, yahudiy, aramey tillarini yaxshi bilar edi.2
Dostları ilə paylaş: