narsalarning mohiyati ham Xudoga borib taqaladi, ya’ni olam
dagi
barcha narsalar, hodisalar, voqealar Xudo bilan bog‘liq.
Bunday holat olamning birligidan dalolat beradi. Xudoni faqat
qarama-qarshiliklar birligidan iborat deb qarash, uning shaxs
sifatidagi bunyodkorlik, yaratuvchilik funksiyalarining ahamiya-
tini pasaytiradi. Chek-chegarasiz Xudoni chegarasi, oxiri bor
olam bilan yaqinlashtiradi. Oxir-oqibatda krayesionizm prinsipla-
ridan chekinishga olib keladi.
Kuzanskiyning yuqorida biz eslatib o‘tgan
fikr-mulohazalaridan
ko‘rinib turibdiki, uning asosiy e’tibori, olam va Xudo muno-
sabatlarini tushuntirib berishga qaratilgan. Olam va Xudo muno-
sabatlarini tushuntirib berishda Kuzanskiy teotsentrik pozitsiyada
turgani rost. Lekin unda o‘rta asr katolik ilohiyotidan mutlaqo
farq qiluvchi elementlar va tendensiyalar borligini e’tirof et-
maslik o‘ta nodonlik bo‘lur edi.
Xudo va olam munosabatlari haqidagi fikr-mulohazalarini
davom ettirgan Renessans davrining buyuk mutafakkiri Nikolay
Kuzanskiy Xudo borlig‘i olamdagi butun mavjudotlar ichida
eng buyugidir, chunki Xudo bisoti
cheklanmagan imkoniyatlari
mavjud bo'lgan m utlaq yaxlitlik, yagona birlikdir, deydi.
Shuningdek, Xudo
o ‘zida
olamdagi barcha narsalarning rang-
barang xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Bunday holat olam
ning Xudodan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. 0 ‘z navba
tida, Xudodagi cheklanganlik cheklanmaganlikni, mavhumlik
murakkablikni yuzaga chiqaradi. Bunday aloqadorlik zanjiri abadiy
davom etadi. Xuddi shu tendensiya rang-barang qiyofaga ega
bo‘lgan tabiat va inson borlig‘ini Xudoga yaqinlashtiradi, ya’ni
Xudoga qaytish boshlanadi. Bunday jarayonni o‘z
navbatida
Xudoning inson tomon burilishi, deb tushuntiradi.
Shunday qilib, Nikolay Kuzanskiy o‘rta asr sxolastikasining
teistik qarashlari bilan aloqalarini uzmasdan turib, mistik panteizm
g'oyalarini ilgari surdi. Yaratuvchi bilan yaratilganlik, bunyod-
kor bilan bunyodkorlikning aralashuvidagi uyqashlikni aniqlash-
ga harakat qildi. Kuzanskiy o‘rta asr sxolastik fikrlash uslubi
uchun xarakterli bo‘lgan
yer bilan osmon, Xudo bilan tabiat
orasiga chegara, to‘siq qo‘yuvchi g‘oyalarga toqati yo‘q edi. Uning
fikriga ko‘ra, «Xudo borlig‘i olam borlig'idan boshqa narsa emas,
chunki olam borlig‘ining o‘zi Xudo borlig‘idir». Ko‘rinib turib
diki, Kuzanskiy shakllantirgan prinsiplar, qoidalar Renessans
86
davri Yevropa madaniyati va falsafasiga taalluqli bo'lib, ruhiy
olam bilan yerdagi olam bir butun, yaxlit ekanligini ilg‘ab
olishga yordam beradi.
Nikolay Kuzanskiy falsafasida eng asosiy o'rinlardan birini
inson muammosi egallaydi. Kuzanskiy
xristian krayetsionizmining
inson to‘g‘risidagi g‘oyalaridan yuz o'giradi va bu borada insonni
o'ziga xos mikrokosm deyuvchi qadimgi zamon Yevropa falsafasi
g‘oyalariga qaytadi. Mikrokosmni ilohiy mohiyat bilan bog'lashga
uringan Kuzanskiy «kichik olam» (ya’ni insonning o‘zi), «katta
olam» (ya’ni universum), «maksimal olam» (ya’ni ilohiy mut
laq) tushunchalarini muomalaga kiritadi. Uning tushuntirishicha,
kichik olam katta olamga, katta olam esa maksimal olamga o‘xshaydi.
N. Kuzanskiyning yuqoridagi flkr-mulohazalaridan shunday xu-
losaga kelish mumkinki, kichik olam — bu inson, u o‘z atrofini
o'rab olgan tabiiy olamni
nafaqat qayta ishlab chiqaradi, balki
maksimal Xudo olamiga ham o‘xshaydi.
Nikolay Kuzanskiyning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalariga
yuzaki qarasak, u insonni Xudoga o‘xshatib, o'rta asr ortodok-
siyasi doirasidan chiqmagandek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin chuqur-
roq e ’tibor berib tahlil etsak, u insonni Xudoga shunchalik
o‘xshatadiki, ya’ni insonni shunchalik xudolashtiradiki, insonni
«Insoniylikning Xudosi» yoki «Insonlashgan Xudo», deb ataydi.
Uning
fikricha, inson cheklangan va cheklanmagan mohiyat,
cheksizlik va cheklanganlikning dialektik birligidan iboratdir.
Ontologik nuqtayi nazardan qarasak, inson Xudo yaratgan jamiki
mavjudotlarning hammasidan ham ustun turadi. Mavjudotlar
ichida faqat farishtalar Xudoga maksimum yaqinlashib borgan,
xolos. «Inson tabiati aylana ichida chizilgan ko'pburchakdir, aylana
esa ilohiy tabiatdir».1
Kuzanskiy insonni ilohiylashtirish yordamida uning ijodiy
mohiyatini ochib bermoqchi bo‘ladi. Agar Mutlaq, ya’ni Xudo
ijodiyot bo'lsa, Xudoga o'xshash
inson ham Mutlaqdir, demak,
u ham ijodiy ibtidoga ega, ya’ni to ‘liq erkinlikka egadir.
Nikolay Kuzanskiy falsafasidagi antropotsentrizmga yaqin ten-
densiyalar XVI asr Renessans davrida Italiyada shakllangan
gumanistik konsepsiyalarda yanada kuchaytirildi. Nikolay Ku
zanskiyning inson to ‘g‘risidagi ta ’limoti gnoseologik muammo-
Dostları ilə paylaş: