2 Qarang: Sulaymonova F. Sharq va G ‘arb.Toshkent, 1997, 364-bet.
76
Olamning haqiqiy manzarasi, uning borlig'i va birligi, ay
niqsa, inson vafotidan keyin uning taqdiri haqidagi muammo-
lar, din ahlini ham, faylasuflarni ham hamisha bezovta qilib
keldi. Ushbu muammolar yuzasidan har bir din o‘z nuqtayi
nazarini bayon etdi. Chunonchi, xristian dini namoyandalari -
ning tushuntirishlaricha, olam uch qismdan: osmon, yer va
yer ostidan iborat. Osmon va yer bu dunyo, deb'-yuritilsa, yer
osti, ya’ni jahannam — narigi dunyo, deb ataladi. Bu dunyodagi
kishilar
o ‘z
qilm ishlariga,
asosan,
narigi
dunyoda
rag‘batlantiriladilar yoki jazolanadilar. Chunonchi, bu dunyoda
taqvodorlik qilganlarning ruhi jannatda orom topadi. Yomonlik,
tubanlik qilgan kimsalar do‘zax azobiga giriftor bo‘ladilar. Ammo
ushbu holatlarning sodir bo‘lishi jarayonini hech qaysi din
batafsil tushuntirib bermadi. Dante o'zining «Ilohiy komediya»sida
xuddi ana shu jarayonni tushuntirib berishga harakat qildi.
Dante «Ilohiy komediya»da birinchilardan bo‘lib narigi
dunyoning manzarasini tasvirlab berdi. Shoirning fikriga ko‘ra,
narigi dunyo uch asosiy bo‘lakdan (qismdan): do‘zax, a’rof,
jannatdan iborat. Mutafakkiming tushuntirishicha, narigi dunyo
ning tuzilishi o‘ziga xos qonun-qoidalar asosida vujudga keladi.
U yerda bo‘ladigan o‘zgarishlar ham qandaydir qonun-qoidalar
asosida ro‘y beradi. Chunonchi, odamlar bu dunyodagi xizmat-
lariga, ya’ni bu dunyodagi xulq-atvori, xatti-harakatlariga qarab
narigi dunyodan joy oladilar. Bu dunyoda qilgan ishlariga yarasha
u dunyoda jazo oladilar yoki rohat-farog‘atda bo'ladilar. Xusu-
san, kimdir jannatdan, kimdir do‘zaxdan joy oladi.
Dantening «Ilohiy komediya»si o‘rta asr adabiyotida keng
tarqalgan narigi dunyoni xayolan ko‘rish, bashorat qilish jan-
rida yozilgan. 0 ‘rta asr klerikal adabiyotida bashorat qilish janri
insonni hayotdan bezdirish, bu dunyoni o‘tkinchi, bevafo dunyo
deb qarash, narigi dunyo vasvasasiga solish bilan shug‘ullangan
bo‘lsa, Dante bu adabiy janrni bu dunyo lazzatlarini ulug‘lash,
yer kurrasidagi barcha kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni yana-
da to ‘laroq tasvirlash tomon burib yubordi.
Dante insonni bu dunyodan bezdirmoqchi emas, aksincha,
hayotning go‘zalligini tushunishga, uni chinakamiga sevishga,
jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, xalq, Vatan manfaatini
himoya qilishga, uni ko‘z qorachig‘idek saqlashga chaqiradi. Uni
oxirat vasvasasi emas, hayotning go‘zalligi, uning m a’no va
77
mazmunini insonparvarlashtirish qiziqtiradi. Shoir inson hayo-
tining ma’nosi va mazmunini yanada seijilo qilish, uni har
tomonlama takomillashtirish maqsadida bu dunyoda umrini
ma’nosiz va mazmunsiz o‘tkazgan, butun umrini yomonlikka,
qabihlikka baxshida etgan, birovlarga hech qachon yaxshilikni
ravo ko‘rmagan, jinoyatchi, gunohkor kimsalarni, xalq man-
faatiga zid ish qilgan hokim-u boshliqlarni, din aqidalaridan
o‘zining shaxsiy manfaati yo'lida foydalangan riyokor ruhoniy-
lami, bir ibora bilan aytganda, o‘z siyosiy muxoliflarini do‘zaxga
joylashtiradi va ular ustidan hukm chiqaradi.
«Ilohiy komediya»ning «Do‘zax» qismi hayotiy ziddiyatlarni
to‘la aks ettirganligi bilan «A’rof», «Jannat»dan ajralib turadi.
«Do‘zax»da tasvirlangan voqealar Renessans davri Italiyasi ha-
yotining aksi edi. Aniqroq qilib aytganimizda, «Do‘zax»da sodir
bo‘layotgan voqealar *Dante zamondoshlarining xatolari edi.
Dantening tasviriashicha, narigi dunyoning ikkinchi qismi
— A’rof ham to‘qqiz qavatdan tashkil topgan. A’rofga bu dunyoda
bilib-bilmay yengil-elpi gunoh qilib qo‘ygan kishilarning ruhlari
joylashtiriladi. Bu yerda orom topganlarning asosiy qismi shoir,
rassom ,
bastakor
va
um um an
ijodiy
m ehnat
bilan
shug‘ullanganlardir. Chunonchi, a’rofning birinchi qavatida mu-
takabbirlar, ikkinchisida hasadgo‘ylar, uchinchisida jahldorlar,
to‘rtinchisida ma’yuslar, beshinchisida xasis va isrofgarchilikka yo‘l
qo‘yganlar, oltinchisida ochko‘z va badnafslar, yettinchisida dunyo
viy muhabbatga berilganlar joylashganlar. Sakkizinchi va
to‘qqizinchi qavatlar esa A’rofdan jannatga o‘tuvchi buyuk maskan
vazifasini bajaradi.
Jannatga o‘tish uchun inson ruhi qalin devordan oshib o‘tishi
zarur. 0 ‘sha alangali devordan o‘tgan ruh barcha qusurlardan,
nodonliklardan xoli bo‘ladi. Alangali devordan o‘tgach, ruh
so‘lim bog‘lar, anvoyi gullarga to ‘la gulzorlar, yam-yashil may-
sazorlardan, bepoyon dalalardan iborat o ‘zgacha bir hududga
ro‘baro‘ keladi. Xuddi shu yerdan, shu maskandan yangicha
farovon hayot debochalari boshlanadi.
Jannat ham, do‘zax va a’rof kabi to‘qqizlik asosida qurilgan.
Jannat yer yuzida joylashgani uchun uning atrofini to‘qqiz osmon
o‘rab turadi. Chunonchi, birinchisi — Oy, ikkinchisi — Utorid
(Merkuriy), uchinchisi — Zuhro (Venera), to‘rtinchisi — Quyosh,
beshinchisi — Mirrix (Mars), oltinchisi — Mushtariy (Yupiter),
78
yettinchisi — Zuhal (Saturn), sakkizinchi — turg‘un yulduzlar,
to‘qqizinchisi — arshi a ’lo, farishtalar makonidir. Do‘zaxga zid
o‘laroq, jannatda doim harakat ustuvorlik qiladi. Jannat osmonlari-
ning hammasida yorug‘lik, nur, ruhiy kamolat hukmronlik qiladi.
Dante jannatning turli osmonlarida eng yaxshi, olijanob,
xalqi, vatani, millati uchun xizmat qilgan kishilarni joylashti-
radi. Chunonchi, Oy osmonida oshiqlar, ishq-muhabbat shay-
dolari, Utoridda faol, fidoyi odamlar, Zuhroda saxiy, oliyhim-
mat kishilar ruhini, Quyoshda insof va diyonatda tengi yo‘q
ruhoniylar, faylasuflar, tarixchilami, Mirrixda shoir o‘z bobokalo-
ni Kichagvidani, Mushtariyda Iso payg‘ambarning sahobalarini,
Zuhalda Odamato, Turg‘un yulduzlarda avliyolar, maloiklarni
joylashtiradi.1 Ko‘rinib turibdiki, bu dunyoda qilgan barcha xayrli
ishlariga, yaxshilik, ezgulik, insof-diyonatga chorlovchi hulq-
atvoriga, xatti-harakatiga qarab odamlar narigi dunyodan, xu-
susan, jannatdan o‘rin egallaydilar.
Xullas, jannatdagi axloqiy poklik, bu yerda abadiy qo‘nim
topgan ruhlar xulq-atvori, xatti-harakatidagi aqliy zukkolik —
Dante orzu qilgan mamlakat, jamiyat fuqarolarining ruhiy-
ma’naviy qiyofasi edi.
Dante narigi dunyoning xayoliy manzarasini chizish uchun
nafaqat Isoviya, balki qadimgi Eron va Turonda keng tarqalgan
zardo‘shtiylik, islom ta ’limotlaridan ham keng foydalandi.
Uning narigi dunyo, xususan, do‘zax, a’rof va jannat haqidagi
fikr-mulohazalari Sharq va G ‘arb madaniyatining bir-biriga ya-
qinlashuvi, aralashuvi va qo‘shiluvining natijasi edi.
Shunday qilib, Dante Aligerining falsafiy-adabiy merosi ajib
bir yaxlitlikni tashkil etadiki, u merosda Yevropa Renessans
davrining yangi, ilg'or fikrlash madaniyati o‘z ifodasini topdi.
Xristian aqidalarini o‘zgarmas, mutlaq haqiqat deb bilgan Dante
ayni paytda ilohiylik va insoniylikni, ular orasidagi munosabat-
larni yangicha talqin etadi. U ushbu ibtidolarni bir-biriga qara-
ma-qarshi qo‘ymaydi, aksincha, ularni yaxlit, o‘zaro aloqador-
likda-bo‘lgan birlik deb ta’riflaydi. Xudoni inson ijodiy imkoni-
yatlariga qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Inson oqibat bo‘lsa, uning
sababi bir tomondan Xudo, ikkinchi tomondan esa tabiatdir.
Shu sababli rohat-farog‘atga erishishning ikki yo‘li mavjud: fal-
Dostları ilə paylaş: |