O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


' Qarang: История ф илософии в кратком изложении. П еревод с чешского



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

' Qarang: История ф илософии в кратком изложении. П еревод с чешского
И .И .Богоута. М ., 1991, 574—575-betlar.
68


lash madaniyatidan mutlaqo farq qilar edi. Chunki Renessans 
davri fikrlash madaniyati diniy urf odatlar, rasm-rusumlarga 
zarba bera boshladi, ayrim hollarda unga qarshi chiqdi. 0 ‘z 
navbatida, Renessans davri fikrlash madaniyati o‘rta asr fikr­
lash madaniyatining natijasi va uning yakuni edi. Xuddi shuning 
uchun ham Renessans davri Yevropa falsafasi o‘rta asr falsafa- 
siga xos xususiyatlarning mavjudligi bilan qadimgi zamon fikr­
lash madaniyatidan tubdan farq qiladi.
Renessans davri dunyoqarashining qadimgi zamon va o‘rta 
asrlar davri dunyoqarashidan farq qiladigan eng muhim xususi- 
yatlaridan yana biri uning san’atga asoslanganligidir. Agar o‘rta 
asr fikrlash madaniyatining negizida din yotgan bo‘lsa, Renes­
sans davri dunyoqarashining markazida badiiy-estetik did 
(yo‘nalish) ustunlik qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, agar 
qadimgi zamon fikrlash madaniyati markazida tabiiy-kosmik 
hayot, o‘rta asrda Xudo va u bilan bog‘liq bo‘lgan saqlab qolish 
g‘oyasi turgan bo‘lsa, Renessans davri Yevropa fikrlash madani­
yatining diqqat markazida inson turdi.
0 ‘rta asr sharoitida kishilar orasidagi o‘zaro munosabatlarda 
ularning qaysi tabaqaga, qanday guruhga, qanday kasbga man- 
subligi yoki din bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega edi. 
Shuning uchun ham kishilar dunyoqarashida guruh yoki tabaqa
kasb-hunar yoki din nuqtayi nazari, ehtiyoji, manfaati hukmron­
lik qilardi. Renessans davriga kelib, yevropalik har bir kishining 
o‘zi mustaqil fikr-mulohaza yuritadigan bo‘ldi. Endi har bir kishi 
nafaqat guruh yoki din nomidan, balki o‘zi nomidan ham ga- 
piradigan bo'ldi. Odamlarda yangicha fikr yuritish madaniyati shakl- 
lana boshladi. Mustaqil fikr yuritishning vujudga kelishi ularning 
ijtimoiy turmushdagi pozitsiyasini ham o‘zgartirib yubordi. Kishilar 
faoliyatida asta-sekin o‘z kuch-quwati va qobiliyatiga ishonish, 
mag'rurlik kabi xislatlar mustahkam o‘rin egallay boshladi.
0 ‘rta asflarda insonning shaxsiy talanti va qobiliyati, iste’dodi 
va mehnatsevarligi tufayli bajarilgan ulkan ishlar, yaratilgan san’at 
asarlari-yu, arxitektura yodgorliklarim ham Xudoning nomiga
uning karomatiga bog‘lab' qo‘yilgan bo‘lsa, Renessans davriga 
kelib, insonning fnehnati 'tufayli yaratilgan mo‘jiza uning o‘ziga 
qaytarildi. Xuddi shuning uchun ham Renessans davri jahon 
sivilizatsiyasini o‘ziga xos talant, qobiliyat va iste’dodga ega bo'lgan 
burch, individuallik bilan boyitdi.
69


Renessans davridagi inson ideali qomusiylik, har tomon- 
lamalik bilan boyitildi. Endilikda dehqon uy qurar, tegirmon 
yuritar, kanal qazir, ko‘prik qurar, yer haydar, ekin ekar, 
olingan hosilni o ‘zi qayta ishlar, zarur mehnat qurollarini ham 
o‘zi yasar edi. O'zining kundalik turmushi uchun zarur bo‘lgan 
barcha bilimlarni ham o‘zi sabr-toqat bilan o'rganardi. Xullas, 
Renessans davridagi yevropalik inson o‘zining bunyodkorlik, 
yaratuvchilik faoliyati bilan o‘rta asr kishisidan tubdan farq 
qilar edi. Bunday tendensiyani Renessans davrida ijod qilgan 
xristian faylasuflaming asarlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Renessans davrida Yevropada dastlabki gumanistik g‘oyalar 
italiyalik faylasuflar Dante Aligeri (1265—1321 -yillar), Paduya- 
lik Marsiliy (1278—1348-yillar), Franchesko Petrarka (1304— 
1374-yillar), Jovanni Bokachcho (1313— 1375-yillar), Geor- 
gios Gemistes (1360—1425-yillar), Marsilio Fichine (1422— 
1495-yillar), Piko della Mirandola (1463—1495-yillar) asarla­
rida bayon qilindi.
Renessans davridagi yevropalik inson qadimgi zamon va o‘rta 
asrlar kishisidan o‘z faoliyatini hech qanday ta’qiqlarsiz baja- 
rish imkoniga ega bo‘lganligi, o‘z turmush tarzini o‘zi belgilay 
olishi, o‘ziga-o‘zi hukmronlik qilish imkoniga ega bo‘lganligi 
bilan ajralib turadi1. Endilikda insonga o‘zini-o‘zi yaratish im- 
koniyati hadya etildi. 0 ‘z navbatida, xuddi o‘sha o ‘zini-o‘zi 
yaratish qobiliyatiga ega bo‘lganligi bilan inson boshqa tirik 
mavjudotlardan tubdan farq qilishini ham zinhor unutmaslik 
kerak. Insonda o‘zini-o‘zi yaratish qobiliyatining rivojlana borishi 
o‘z navbatida uning tabiat ustidan hukmronligini ham mus- 
tahkamlayverdi. Qadimgi zamonda yashagan inson tabiatni o‘z 
xo‘jayini deb qaraydigan bo‘Isa, Renessans davriga kelib butun 
tabiat ustidan uning o‘zi hukmronlik qiladiga'n bo‘ldi. Insonga 
bunday imkoniyatni Xudoning o‘zi hadya qildi. Xudo tomoni­
dan insonga berilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlari 
o‘rta asrga kelib inson borlig‘ida mavjud bo‘lgan nodonliklar 
tufayli asta-sekin yemirilib bordi. Renessans davriga kelib xuddi 
o‘sha imkoniyatlar yana qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Natijada, 
inson o‘z taqdirini o‘zi belgilashda ilohiy qudratga ehtiyoj sez-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin