monada deb nomlanuvchi eng kichik zarracha yotadi. Ushbu
zarracha borliqning so‘nggi minimal tayanchi bo‘lib, Bruno
ta ’limotida uch xil ma’noda o ‘z aksini topadi. Chunonchi,
ontologik ma’noda monada deganda borliqning eng kichik, mini
mal darajadagi substansiyasi, ham jismoniy, ham ruhiy ibtidosi
tushuniladi. Fizika nuqtayi nazaridan monada atomni ifodalasa,
matematika borasida u nuqtani anglatadi. Nuqtalaming yig'indisi,
o ‘z navbatida, to ‘g‘ri chiziqni, to ‘g‘ri chiziq tekislikni, tekislik
esa har qanday geometrik shaklni (jismni) hosil qiladi. Eng
yuqori substansiya deganda «monadalar monadasi», ya’ni Xudo
tushuniladi.
Nikolay Kuzanskiy dialektikani faqat teologiyaga tatbiq et-
gan bo'lsa, Jordano Bruno undan farqli o'laroq dialektikani
inson faoliyatiga ham tatbiq etdi. Asosiy e’tiborni nafaqat Xudo
bilan tabiat orasidagi qarama-qarshiliklar birligini, balki ular
orasidagi kurashni aniqlashga qaratdi.
Jordano Bruno Renessans davri an’analarini davom ettirib,
bilish jarayonida har qanday obro‘-e’tiborga sajda qilishga, uni
mutlaqlashtirishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, bilish jara
yonida birovlarning aqliga tayanib fikr yuritish o‘ta pastkashlik,
bu borada turli an ’analarga suyanish ham o‘ta gumrohlik,
shuningdek, allaqanday allomaning fikrini qo‘llab quwatlash
ham be’manilikdir. Brunoning e’tirof etishicha, bilishning maqsadi
m a’lum darajadagi bilim lar birligini ta ’m inlashdan iborat
bo‘lmog‘i lozim. Bilimlar birligini ta’minlash universumning che-
garasizligini bilishga olib keladi. Bunday yumushni qarama-qarshi-
liklarning bir-biriga mos tushishi jarayoni dialektikasini bilmas-
dan turib aniqlab bo'lmaydi.
Bruno faylasuflarning turli bahs-munozaralariga sabab bo‘lgan
haqiqat muammosi haqida ham ko‘p bosh qotiradi. Uning
tushuntirishicha, haqiqatni aniqlash jarayoni sekinlik bilan amalga
oshadi. Ushbu jarayonga insonning his-tuyg‘ulari, idroki, fahm-
farosati, fikr-mulohazalari ishtirok etadi. Brunoning ta’kidlashicha,
bilish jarayonida hissiy bosqichning ahamiyati uncha katta emas.
Chunki his-tuyg‘u insonga aqlni qo‘zg‘atish, unga ichki stimul
berish uchun kerak. «Hissiyot naqadar takomillashgan bo‘lishidan
qat’iy nazar, u ayrim noaniqliklardan xoli bolmaydi».1 Boshqacha
Dostları ilə paylaş: