O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


G ugo G rotsiy 1583-yilning 10-aprelida Niderlandiyaning D elft shahrida



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 G ugo G rotsiy 1583-yilning 10-aprelida Niderlandiyaning D elft shahrida
dunyoga keldi. 1566— 1609-yillarda sodir bo'lgan Niderlandiya inqilobining id eo-
loglaridan biri edi. Xuddi shuning uchun ham 1618-yilda umrbod qamoq
jazosiga hukm qilindi. Biroq 1621-yilda Parijga qochib ketdi. 1645-yilda vafot
etdi. U ning ij'timoiy-falsafiy qarashlari «Erkin dengiz», «Urush va tinchlik
huquqi haqida», «Dahriylarga qarshi asl xristiancha taqvodorlik* asarlarida bayon
qilingan.
103


bilan ajralib turadi. Hayvondan farqli o'laroq, u aqlga ega bo'lgani 
tufayli o‘zining ana shunday ehtiyojlarini anglab yetadi va ularni 
r o ‘y o b g a
chiqarishga intiladi. Дпа shu aql, shuningdek, tilga olin­
gan ehtiyojlarni qondirish zaruriyati insonlarni ma’lum umumiy 
prinsiplarga amal qilishga, ular asosida faoliyat ko'rsatishga 
undaydi. Urush esa kishilar tabiatida qadim-qadimdan saqlanib 
qolgan hayvoniylikning namoyon bo‘lishidir.
Mutafakkir inson huquqlarini uning ehtiyojlari bilan bog'lar 
ekan, bu yerda ham «ikki yoqlama haqiqat» mavjudligi haqida 
fikr yuritadi. Zotan, huquq ilohiy va insoniy xarakterga ega 
bo‘lishi mumkin. Ushbu xulosa huquq tabiatini faqat Xudo nomi 
bilan bog‘lab tushuntirgan, «huquq» tushunchasiga cherkov mo- 
nopoliyasini shakllantirgan Renessans davri uchun katta yangilik 
edi. Buning bilan G. Grotsiy inson taqdirining muqarrar emas- 
ligi, uning ozodligi o‘z qo‘lida ekanligi haqidagi g‘oyalarning 
shakllanishiga zamin yaratdi.
Buyuk golland huquqshunosi insoniy huquqni fuqaroviy va 
tabiiy huquqqa bo'ladi. Fuqaroviy huquq konkret-tarixiy xarak­
terga ega bo'lib, siyosiy vaziyat bilan bog'liq. Shu bois jami- 
yatdagi ijtimoiy tuzumning o'zgara borishi bilan u ham o‘zgarib 
turadi. Tabiiy huquq esa insonning tabiatidan, tabiiy ehtiyojlari- 
dan kelib chiqadi. Shu sababli, mutafakkirning mulohazalariga 
ko‘ra, tabiiy huquq muammolari bilan jamiyat rivojlanishi ten- 
densiyalarini tahlil qiluvchi tarix emas, inson mohiyatini har 
tomonlama o'rganuvchi falsafa shug‘ullanmog‘i darkor.
Shuning bilan birga kishilaming tabiiy ehtiyojlarini qondirish 
jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ham 
unutmasligimiz lozim. Boshqacha aytganda, tabiiy huquq nafaqat 
inson tabiati bilan, balki ijtimoiylik bilan ham bog‘liqdir. Kishi­
lar o‘z ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini himoyalash maqsa- 
dida o'zaro kelishib olishga majbur bo‘ladilarki, bu kelishuvning 
nihoyasida davlat instituti vujudga keladi. Binobarin, davlatning 
asosiy vazifasi inson ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit 
yaratish, uning huquqlarini himoyalashdan iboratdir.
Shunday qilib, inson huquqlari absolut haqiqatdir. Haqiqat 
esa, G.Grotsiyning fikriga muvofiq, isbotlanmog‘i darkor. M u­
tafakkir har qanday haqiqatni aql nuqtayi nazaridan isbotlash 
zarurligini ta ’kidlaydi (umuman, aqlga va faqat aqlga murojaat 
etish, ya’ni ratsionalistik dunyoqarash G.Grotsiy ijodining me-
104


todologik asosini tashkil etadi). Chunki aql umumtanqidiy va 
umumqadriyat ahamiyatiga ega. Jamiyatda vujudga kelgan har 
qanday ijtimoiy-huquqiy ixtilofni aql yordamida bartaraf etish 
mumkin. Bunday faoliyatni ikki xil yo‘l bilan amalga oshirish 
mumkin. Birinchidan, vujudga kelgan vaziyat, hodisa mohiya- 
tining aqlga muvofiqligini aniqlash zarur. Ikkinchidan esa, vu­
judga kelgan vaziyat yoki voqeaning o‘zga rivojlangan mam- 
lakatlar tarixida qay tarzda sodir bo'lgani va qay tarzda bartaraf 
etilganini o‘rganmoq zarur.
Kishilar o‘rtasidagi kelishuv pirovard natijada davlatning yu- 
zaga kelishiga sabab bo‘lgani kabi, turli davlatlar o‘rtasidagi 
kelishuv oqibatida xalqaro hamjamiyat shakllanadi. G. Grotsiy 
bu voqeani zaruriyat, qonuniylik sifatida tahlil etadi. Uning fikriga 
muvofiq, XVII asr taraqqiyoti Yevropada ana shunday xalqaro 
hamjamiyatning vujudga kelishiga zamin hozirlagan. Ushbu fikrini 
asoslashda u katolik cherkovi ma’qullagan pozitsiyadan chekin- 
magan holda protestantlarning mulohazalari hamda tajribalaridan 
ham foydalanishga intildi. Shu sababli uning ushbu muammolar- 
ga bag‘ishlangan «Dahriylarga qarshi asl xristiancha taqvodorlik» 
asari 1627-yilda «Ta’qiq etilgan kitoblar indeksi»ga kiritildi. Biroq 
cherkov inkvizitsiyasi buyuk faylasuf va siyosatshunos Gugo Grot­
siy asarlarining avlodlarga qadar yetib kelishiga qarshilik qila 
olmadi. Gugo Grotsiy avlodlar xotirasida tabiiy huquq nazari- 
yasining asoschisi sifatida saqlanib qoldi.
Renessans davri Yevropa faylasuflari ta ’kidlaganlaridek, 
markazlashgan qudratli davlat barpo etish yordamida jamiyatda 
mavjud bo‘lgan muammolarni to‘la bartaraf etish mumkin emas. 
Ayniqsa, inson xulq-atvorida, xatti-harakatidagi ma’naviy qash- 
shoqlikni markazlashgan davlat yordamida tugatib bo'lmaydi. 
Odamlar ongi va faoliyatidan bunday nodonliklami surib chiqa- 
rish uchun xristian dinining axloqiy mohiyatini ochib berish, 
insonparvarlik harakatini har tomonlama rivojlantirish zarur, 
degan xulosaga keldilar.
XV asr so‘nggida Oksford universitetida Jon Kolet (1467— 
1519-y.) to ‘garagining tashkil etilishi Angliyada insonparvarlik 
harakatining yanada avj olishiga sabab bo'ldi. Ushbu to'garakda 
Florensiya platoniklarining asarlari tahlil qilinar, Tavrot va Injil 
matnlari xususida musohabalar uyushtirilar edi. To'garak qat- 
nashchilari ijtimoiy tenglikka asoslangan xristiancha gumanizm
105


g‘oyalarini katta qiziqish bilan o'rganar edilar. Ular orasida 
Erazm Rotterdamskiy1 gumanizm g'oyalariga sadoqati bilan alo- 
hida ajralib turar edi.
XVI asrning boshlariga kelib, Erazm Rotterdamskiy butun 
Yevropada avj olgan insonparvarlik harakatining yo'lboshchisi 
darajasiga ko'tarildi. Uning obro‘-e’tibori shu qadr qudratli ediki
Muqaddas Rim imperiyasi imperatori va Ispaniya qiroli Karl V, 
uning raqibi Fransiya qiroli Fransisk I, Angliya qiroli Genrix 
VIII, Rim papalari uning nazariga tushishga intilardilar. Hatto 
Rim papasi Pavel III Erazm Rotterdamskiyga kardinallik man- 
tiyasini ham taklif etgandi.
Erazm Rotterdamskiy o ‘z ijtimoiy-falsafiy qarashlarini 1501— 
1503-yillarda yozilgan «Xristian jangchisi uchun qo‘llanma» nomli 
asarida izhor etgandi. 0 ‘z ta ’limotini u «Iso falsafasi», deb 
ataydi. Albatta, bu termin Erazmga qadar ham qo‘llanilgan, 
biroq u «Iso falsafasi» tushunchasiga yangicha mazmun ato etdi. 
Erazm Rotterdamskiyning mulohazalariga qaraganda, Iso falsa- 
fasida o‘z ifodasini topgan xristian madaniyati qadimgi yunon- 
lar va rimliklarning majusiy madaniyatidan quwat oladi. Italyan 
gumanistlaridan farqli o ‘Iaroq, qudratli intellektual salohiyatga 
ega bo‘lgan Erazm o'zining gumanistik qarashlarini ajoyib va 
inkor etib bo‘lmaydigan dalillar asosida bayon qiladi. Xristian 
madaniyatini qadimgi zamon madaniyatining hosilasi sifatida 
talqin etgan Erazm Suqrotni Iso qatoriga qo‘yadi.
Erazm Rotterdamskiy o‘z ta’limotida xristian dinining axlo- 
qiy mazmunini kengroq yoritishga va uning dogmatik tomonini 
inkor etishga intiladi. Xristian jangchisining mijozi axloqiy 
mazmun bilan to‘lib toshgan. Uning e’tiqodi hamisha aqlidan 
ustun turadi. Aytaylik, u ruhning o‘lmasligini aql bilan ilg‘ab, 
tushunib ololmasada, unga qat’iy ishonadi. Ana shu ishonch uni 
turli gunohlardan saqlanishga undaydi. Insonning mijozi axloqiy 
mazmun bilan to ‘lib-toshgan ekan, xristian g‘oyalari har bir

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin