O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Роттердамский Э. Похвала глупости. Библиотека всемирной литературы



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Роттердамский Э. Похвала глупости. Библиотека всемирной литературы.
Т.ЗЗ. М., 1971, 137-бет.
2 O'sha yerda, 142-bet.
107


qirol-u a’yonlardan tortib papa va kardinallarga qadar barchasi 
ahmoqlik qilib turadilar. Eng hayratlanarli joyi shundaki, mual- 
lif, hatto Iso payg‘ambar va uning havoriylarining faoliyatini 
ham ahmoqchilikdan iborat, deb baholaydi, chunki «xristian 
e’tiqodi, aftidan, qandaydir ahmoqchilikni eslatadi va donish- 
mandlikka mutlaqo mos tushmaydi». «Xudoga ahmoqlar buncha- 
lik kerak bo‘lib qolgani bejiz bo‘lmasa kerak»1. Albatta, bu satr- 
lar bilan tanishgach, mutafakkir xristian dinini mutlaqo inkor 
etgan, degan xulosaga ham kelish mumkin. Aslida bunday emas, 
aks holda u o‘zi targ‘ib etgan «Iso falsafasi»ga o‘zi qarshi chiqqan 
bo‘lur edi. Bu yerda gap xristian e’tiqodining mohiyati haqida 
emas (garchi ayrim mulohazalarida muallif xristiancMikning asosiy 
g‘oyalarini tanqid qilsada), o‘sha davrda hukm surgan rasmiy 
ilohiyot haqida borayotir. Masalaning mohiyatini bilmoq uchun 
Erazmning sxolastikaga va u bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiy-dog- 
matik ilohiyotga munosabatidan xabardor bo‘lmoq zarur.
Erazm xristiancha e’tiqod bilan rasmiy-dogmatik ilohiyot 
o‘rtasida katta tafovut yuzaga kelganini asoslab beradi. Buning 
asosiy sababi rasmiy ilohiyot tarafdorlaridirki, Erazm ularni 
«zaharli o‘simliklar», deb ataydi. Ular o‘z bema’niliklariga shu 
qadar berilib ketganlarki, na o'zlari haqiqatga erisha oladilar, na 
o'zgalarni qo‘yadilar. 0 ‘z flkrlariga qo‘shilmagan har qanday 
zotni bid’at, deb e’lon qiladilar. Boz ustiga, aslida safsataboz 
boigan bu ilohiyotchilar ijod va ijod ahlini, bilim va bilim 
egasini nazorat ostida saqlab turishga oshiqadilar. Qizig‘i shun­
daki, hatto jannat kalitchisi avliyo Petr ham «qanday qilib 
bilimning o‘ziga ega bo‘lmasdan turib, uning kalitini qo‘lda saqlab 
turish mumkin» ekanligini tushuntirib bera olmaydi.2 0 ‘z mu- 
lohazalarining mantig'i asosida Erazm ilohiyotchilami tanqid 
qilishdan sxolastikaning o ‘zini tanqid etishga o‘tib ketadi.
Ahmoqchilikning mohiyati haqida fikr yuritgan Erazm uni 
«hayot» tushunchasining sinonimi sifatida qo‘llay boshlaydi. Ushbu 
mulohazalar tabiiy bir savolning tug‘ilishiga olib keladi. Nima 
uchun ahmoqchilik donishmandlikdan ustunroq, qudratliroq 
chiqaverdi? Muallifning fikriga ko‘ra, hissiylik insonning butun 
jismini qamrab oladi, vaholanki aql jismning bir qismi bilan

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin