Muhammad qabilasi, jinsi, ijtimoiy mavqei, iqtisodiy ah-
volidan qat’iy nazar, barcha arablarni yagona Xudoga —
Ollohga
sig‘inishga da’vat etgan. O'zini Xudoning yerdagi vakili —
«Payg‘ambar» deb e’lon qilgan.
Muhammad payg'ambar tomonidan aytilgan islom dinining
asosiy qoidalari, axloqiy va huquqiy normalari, musulmonlar-
ning muqaddas kitobi hisoblangan «Qur’on»da rasmiylashtirilgan.
Islomshunos, «Qur’on»shunos olimlaming flkriga ko‘ra, Mu-
hammadning yagona Xudoga sig‘inishga
asoslangan qarashlari,
yaxlit bir sistema sifatida, uning tirikligi paytida yozib olinma-
gan. Muhammad vafot etgandan so‘ng uning fikr-mulohazalari
xalifa Abu Bakr ko‘rgazmasiga asosan to ‘plangan. Bunday mu-
rakkab
ishni bajarish, Muhammad tiriklik vaqtida uning kotibi
bo‘lib ishlagan Zaid ibn Sobitga yuklatilgan. Shunday sa’y-hara-
katlar tufayli 632-yilda «Qur’on»ning dastlabki matni vujudga
kelgan. Ilmiy-tarixiy manbalarda ta ’kidlanishicha, «Qur’on»ning
dastlabki matni «Suhur» («Sahifalar») deb nomlangan. 651-yilda
«Qur’on»ning yangi matni yaratilgan, uni «Mushaf», deb ata-
ganlar. Ushbu matn xalifa Usmon ko‘rgazmasiga
asosan yaratil-
gani uchun «Usmon mushafi», deb ham yuritiladi1.
«Qur’on» 114 suradan iborat. Har bir sura oyatlarga bo'lingan.
Suralarning har biri nomlangan. Ular «Qur’on»da mazmuniga
qarab emas, balki hajmiga, ya’ni har bir suradagi oyatlarning
miqdoriga qarab joylashtirilgan. Shuning uchun ham ularda
mantiqiy va xronologik izchillik yo‘q. Suralar, asosan,
Makka va
Madinada yaratilgan. Chunonchi, ulaming 90 tasi Makkada (610—
632-yillarda), 24 tasi Madinada (622—632-yillar) yaratilgan2.
«Qur’on»ning qariyb uchdan bir qismini yahudiy, xristian
diniy manbalari va qadimiy afsonalari, rivoyatlari tashkil etadi.
Shuningdek, «Qur’on»ning shakllanishida
zardushtiylikning ham
ta’siri borligini unutmaslik darkor.
Alqissa, islom dinining paydo bo'lishi, jahon davlatchiligi
tarixida markazlashgan yirik Arab davlatining vujudga kelishiga,
shuningdek, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa
qo'shgan musulmon madaniyatining vujudga kelishi va rivojla-
nishiga ham sabab bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: