O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Мец А. Мусульманский Ренессанс. 1966, 146-bet. Iqtibos N.Kom ilovning
«Tafakkur karvonlari» (Toshkent, 1999, 58-bet) kitobidan olindi.
122


aniqlash borasidagi fikr-mulohazalari bilan o'tmishdan keskin 
farq qilar edi.
Bunday tendensiyani o‘rta asr musulmon faylasuflari asar- 
laridan darhol ilg‘ab olish mumkin. Aniqroq qilib aytganda, 
o‘rta asrlar musulmon faylasuflari barkamol inson shaxsini shakl- 
lantirishda adabiyotning pand-u nasihat janridan ustalik bilan 
foydalandilar. Pand-u nasihat janriga Unsurulmaoliy Kaykovus- 
ning «Qobusnoma» («Nasihatnoma»), Nizomulmulkning «Siyo- 
satnoma», Nosir Xusravning, «Safarnoma», Nizomiy Aruziy 
Samarqandiyning «Navodirun-hikoyat» («Nodir hikoyatlar») asar- 
larida asos solindi. Shuningdek, IX—X asrlar musulmon fayla­
suflari barkamol inson g'oyasini shakllantirishda o‘rta asrlarda 
keng tarqalgan adabiyotning munozara janridan ham unumli 
foydalandilar. Bunday tendensiyani Ahmadiyning «Sozlar mu- 
nozarasi», Yusuf Amiriyning «Bang va Chog‘ir manzarasi», 
Yaqiniyning «O'q va Yoy munozarasi» asarlaridan darrov ilg'ab 
olish mumkin1.
Musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida Eron
Movarounnahr, Xuroson xalqlarining madaniy an’analarining 
hissasi ham beqiyos bo‘ldi. Chunki, Movarounnahr, Xuroson 
xalqlari qadimiy madaniy an’analarga boy va ma’naviy mavqei 
baland edi. Shuning uchun ham, qadimgi Eron va Turon arab 
xalifaligi tasarrufiga kirgandan so‘ng musulmon madaniyatining 
shakllanishi va rivojlanishida yetakchi o'rinlardan birini egalladi.
Madaniy-ma’rifiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan xalifa­
lik hududida yashovchi xalqlar madaniyati biri ikkinchisiga o‘z 
ta’sirini o'tkaza boshladi. Turli xalqlar madaniyatining bir-biriga 
yaqinlashuvi, turli madaniyatlarning aralashuvi sodir bo'ldi. 
Qadimgi Hind, Xitoy, Yahudiy, Eron va Turon, Yunon xalqlari 
madaniyati qo'shilib-qorilib ketdi. Ana o‘sha yaqinlashuv, ana 
o ‘sha aralashuv oqibatida, jahon sivilizatsiyasi tarixida «Mu­
sulmon madaniyati»2 deb nomlangan mutlaqo yangi madaniyat 
vujudga keldi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin