safly merosi musulmon madaniyatining shakllanishiga ijobiy
ta ’sir o‘tkazdi.
Tarjimonlikning rivojlanib borishi bilan birga asta-sekin
qomusiylik ham shakllana boshladi. Qomusiylikning rivojlanishi
turli bilimlarga bo‘lgan qiziqishni orttirib yubordi. Turli lug‘atlar,
m a’lumotnomalarga ehtiyoj kuchaydi. Kitob bozorlari, maxsus
kutubxonalar vujudga kela boshladi. Kutubxonalar, awalo mas-
jidlarda, madrasalarda, olim-u fuzalolar, shayxlar va vazirlar
xonadonlarida, saroylarda vujudga kelgan bo'lsa, keyinroq yirik
shaharlarda vujudga keldi. Chunonchi, birgina Qurdoba (Ispa-
niya) hokimi Al-Hakim kutubxonasidagi kitoblar ro‘yxatining
o‘zi 44 jildni tashkil etgan. Xalifa al-Aziz xazinasida esa 120
ming kitob saqlangan. Xolbuki, IX asrda Fransiyaning Kons-
tans shahri kutubxonasida 356 jild, 1032-yili Benediktbeurend
shahrida 100 dona, 1130-yili Bambergdagi soborda atigi 96
dona kitob bo‘lib, ularning ham asosiy qismi diniy adabiyo-
tlar edi2.
IX asrning oxiriga kelib, Eron, Movarounnahr va Xuroson
mustaqillikka erishdi. Mustaqillikka erishgan musulmon davlatla-
rida ham kutubxonachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Xususan, IX—X asrlarda Eron, Movarounnahr, Xuroson, Gur-
ganj, G ‘azna, Kat, Marv, Hirot, Samarqand, Buxoro shahar-
larida ham somoniy hukmdorlaming yirik kutubxonalari bor edi.
Shuningdek, IX—X asrlarda musulmon mamlakatlarida davlat
kutubxonalaridan tashqari, barcha fuqarolar foydalanishiga im-
kon beriladigan kutubxonalar — «Xazinatul-hikma»lar soni ham
ortib bordi. Kutubxonalar sonining ko‘payib borishi, shubhasiz,
musulmon ziyolilarining intellektual salohiyatlari ortib borishi
uchun real imkoniyat yaratdi.
О‘it a asr musulmon ziyolilari intellektual imkoniyatlarining
ortib borishi bilan, ular nafaqat olam va Xudo borlig‘i, balki
inson borlig‘i, xususan, uning xulq-atvori, xatti-harakatini
o'zgartirishga, barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratil-
gan g‘oyalarni bayon eta boshladilar. Shuning uchun ham IX—
XII asr musulmon madaniyati, xususan, falsafasi barkamol
inson shaxsini qaror toptirish, uning barkamolligi darajasini
Dostları ilə paylaş: