vositalarni aniqlashga harakat qildi. Uning fikricha, imon-e’tiqod
ba’zi birovlar o'ylaganidek faqat insonning kalima keltirishini
ifodalovchi tor tushuncha emas, u o‘ziga oltmishdan ziyod
holatlar, tuyg‘ular, xususiyatlarni mujassamlashtiradigan tushun-
chadir. Xususan, hayo inson im on-e’tiqodini xarakterlovchi
holatlardan biridir. Vatanni sevmoq ham, ilm olmoq ham,
kattalarni hurmat qilmoq ham, tozalik-pokizalikka amal qilmoq
ham imon-e’tiqod bilan bog‘liq. Binobarin imon-e’tiqodni ifo
dalovchi xususiyatlar, chinakam insoniy fazilatlar, xislatlardan
boshqa narsa emas1.
Ismoil Buxoriy musulmon kishisining insoniy xislatlari ha
qida fikr-mulohaza yuritib, har qanday mo‘min qo‘rqoq yoki
baxil bo‘lishi mumkin, lekin yolg‘onchi, chaqimchi bo‘lishi
mumkin emas, deydi. Uning fikriga ko‘ra mo‘min va yolg‘onchi
tushunchalari biri ikkinchisiga ziddir. Shuning uchun ham o‘zini
musulmon deb hisoblagan har bir kishi yolg‘on so'zlashi aslo
mumkin emas. Musulmon fuqarosining ma’naviy-axloqiy qiyo-
fasi haqida juda ko‘p bosh qotirgan buxorolik alloma musulmon
kishisi o‘zining ota-onasi, qavmi-qarindoshlariga, aka-ukalariga
doimo muruwat ko'rsatib turishi zarur, deb hisoblaydi2. Ismoil
Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlari tor diniy aqidalar
doirasiga o'ralashib qolgan emas, balki umuminsoniy axloq
normalari va tamoyillarini ham o‘zida aks ettirdi. Boshqacha
aytganimizda, to'plamda nafaqat musulmon ma’naviy madani
yatining, balki eng buyuk umuminsoniy qadriyatlar — inson-
parvarlik va insoniylikning turli qirralari: mehr-oqibat, ochiq
ko‘ngillik, saxiylik, ota-ona, qavm-qarindoshlarni hurmat qi-
lish, yetim-esirlarga muruwat, faqir-bechoralarga himmat, Va-
tanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlaming o‘zaro
do‘st-u birodar, tinch-totuv yashashlari kabi umuminsoniy
fazilatlar aks etgan. Insonning ijtimoiy qiyofasi umuminsoniy
axloq normalariga mos bo‘lmog‘i uchun zarur hisoblangan yo‘l-
yo‘riqlar, pand-u nasihatlar o‘z ifodasini topgan. Xuddi shu-
Dostları ilə paylaş: