masa vazifasidan bo‘shatiladi, hatto qatl etiladi. Ayrim xorijiy-
lar, hatto musulmon jamoasi xalifasiz ham yashay oladi, de-
gan fikrni bayon qilishdi. Xorijiylar g‘ayridin vakillariga — xris-
tianlarga, zardushtiylarga, moniylaiga ham xayrixohlik bilan mu-
nosabatda bo‘ladilar.
Xorijizm ta ’limotiga ko‘ra, yer butun musulmon jam oa-
sining mulki bo‘lishi, islom dinini qabul qilgan barcha fu-
qarolar jon va yer solig‘idan ozod bo‘lishlari, barcha kishilar
umuminsoniy axloq normalariga rioya qilishlari, odamlar hayot
tarzida oddiylik barqaror bo‘lishi darkor. Ortiqcha zeb-u ziy-
nat, mol-u dunyoga hirs qo‘yish, mayparastlik qattiq tanqid
qilinadi1.
VII asr o‘rtalarida shialik tarkibida shakllangan diniy falsafiy
ta’limotlardan yana biri — ismoilizm edi. Ismoilizmning shakl-
lanishida neoplatonizm, neopifagorizm kabi Yevropada keng tar-
qalgan falsafiy ta’limotlaming, shuningdek, qadimgi Eron va
Turon xalqlari orasida islomgacha keng tarqalgan zardushtiylik,
moniylik, mazdakizmning ta ’siri katta bo‘ldi.
Ismoilizm murakkab diniy-falsafiy ta’limot bo‘lib, ochiq (zo-
hiran) va maxfiy (botinan) shakllardagi targ'ibot va tashviqot
ishlariga mo‘ljallangan edi. Keng mehnatkashlar orasida amalga
oshiriladigan ochiq targ‘ibot va tashviqot ishlarida ismoilizm
g‘oyalari shialikdan deyarli farq qilmas edi. Maxfiy targ‘ibot va
tashviqotda butun koinotning mutlaq hokimi — Xudo bilan
uning yerdagi vakili — payg‘ambar orasida katta farq borligiga
e’tibor qaratilar edi. 0 ‘sha farq yetti katta pog‘onadan (emanat-
siya): mutlaq Xudo, dunyoviy aql, dunyoviy jon, birlamchi
materiya, fazo, vaqt va kamolotga erishgan insondan (ya’ni
payg‘ambar) iborat deb tushuntirilar edi.
Ismoilizm ta’limotiga k'o‘ra, kamolotga erishgan inson, ya’ni
payg‘ambar (al-inson al-komil) o‘zida «dunyoviy aql»ni mujas-
samlashtirgan iqtidorli notiq bo‘lib> Xudoning fikr-mul6haza-
larini kuirai zaminda yashovchi insonlaiga yetkazib.tumdi. «Dunyo
viy aql»ni o‘zida mujassamlashtiigan payg'ambaming eng muhim
fazilatlaridan biri bo‘lgan bilimlilik, ilmlilik har tomonlama
Dostları ilə paylaş: