likning avj olib borishi oqibatida qalbaki, yolg‘on hadislar
ham vujudga kela boshladi. Turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar-
ning vakillari o‘z manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hadis
lar to ‘qib, odamlar orasiga tarqata boshladilar. Ana shunday
sharoitda hadislarni tartibga solish va ularni ishonchli man-
balarda rasmiylashtirish zaruriyati ortib boraverdi. Bunday holat
xalifalik hududidagi mamlakatlarda hadisshunoslikning rivojla-
nishiga katta turtki bo‘ldi. Muhammad payg'ambar hayotligi
vaqtidayoq boshlangan hadislarni yig'ish VIII asr o'rtalariga
kelib butun bir fanga — hadisshunoslikka aylandi, VIII—IX
asrlarga kelib, hadis ilmi bilan musulmon dunyosida mingdan
ortiq olim1 shug‘ullana boshladi. Hadisshunos olimlar — mu-
haddislarning tinimsiz m ehnatlari tufayli hadislar nafaqat
musulmon madaniyati, balki umuminsoniy m a’naviy madani-
yatning muqaddas manbaiga aylandi.
Hadisshunoslik uchta yirik: «musnad», «sahih» va «sunan»
yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlanib bordi. Hadisshunoslikning «mu
snad» yo‘nalishi muhaddis olimlardan Abdulloh ibn Musa; Imom
Ahmad ibn Hanbal asarlarida rivojlantirilgan bo‘lsa, «sahih»
yo‘nalishiga Ismoil Buxoriy asos soldi. «Sunan» yo'nalishini shakl-
lantirishda esa Abu Dovud, Iso Termiziy, an-Nasoiy, Ibn Mo-
jalarning xizmatlari beqiyos bo'ldi.
«Musnad» yo'nalishida yaratilgan to ‘plamlarda hadislar rivo-
yat qilgan muallifning ismi, o ‘sha muallifning islom dinini qabul
qilgan vaqtiga qarab alifbo tartibida joylashtirgan bo‘lsa, «sahih»
yo‘nalishdagi hadislar faqat uning ishonarliligi, to‘g‘riligiga qarab
o'rinlashtirilgan. «Sunan» yo‘nalishidagi hadislar to'plamida na
faqat to‘g‘ri, nafaqat ishonchli, balki «zaif», «qalbaki» hadislar
ham o‘rin topgan.
Hadisshunoslik rivojida movarounnahrlik allomalarning ham
hissalari ulkan bo‘ldi. Movarounnahrda hadis to‘plamini birinchi
bo'lib Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy yaratdi. Shuningdek,
vatandoshlarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy,
Is’hoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb
ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy,
Dostları ilə paylaş: