ning uchun ham, Ismoil al-Buxoriyning shoh asari «Al-Jomi’
as-sahih» bir necha marta qayta-qayta nashr etilmoqda, ajdod-
larni avlodlarga bog‘lamoqda.
Ismoil Buxoriy musulmon m a’naviy madaniyatining turli
muammolariga bag'ishlangan: «At-Ta’rix al-kabiyr» («Katta ta-
rix»), «Al-qiroatu xalfal-imom» («Imom ortida turib qiroat qi-
lish»), «А1 Adab al-Mafrad» («Adab durdonalari»), «At-ta’rix
al-avsat» (« 0 ‘rtacha tarix»), «Barr-ul-volidayn» («Ota-onani
hurmatlash»), «Kitob al-ashriba» («Ichimliklar kitobi»), «Asomi’u
as-sahoba» («Sahobalarning ismlari») kabi yigirmadan ortiq asar
yozdi.
Musulmon ma’naviy madaniyatini shakllantirishda Ismoil Bu-
xoriyning iqtidorli shogirdi termizlik mashhur muhaddis Iso
Termiziy (824—825-yillarida tug'ilgan, taxminan 895-yilda vafot
etgan) munosib hissa qo‘shdi. Iso Termiziy insonning ma’naviyati
haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zining mashhur «Al-Jomi’ as-
sahih» asaridan tashqari «Shimoili Nabavariya» («Payg‘ambar
alayhissalomning shakl va sifatlari»), «Kitob uz-Zuhd» («Zohid-
lik kitobi»), «Asomi’u as-sahoba» (Sahobalarning ismlari»), «А1-
asmo’ valkuno» («Ismlar va kun’yalar»), «Kitobul ilal» («Illat-
lar kitobi») va boshqa kitoblarida bayon etdi1.
Iso Termiziy ham musulmon hadislarini to'plashda va uni
har tomonlama tahlil etishda o‘ta fidoyilik qildi. Ayniqsa, ha
dislar to ‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini (sahihligining dara-
jasini) aniqlashda o‘z ustozi Ismoil Buxoriydan ham o'tib ketdi.
Bunday nozik ishni bajarishda, u ikki uslubdan foydalandi.
Birinchidan, u Payg‘ambar hadislarining vujudga kelish man-
balarini o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ik-
kinchidan, har bir hadisni islom mazhablari nuqtayi nazaridan
tahlil qildi.
Iso Termiziy Eron va Turon xalqlarining islomgacha bo'lgan
urf-odatlari, rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madani
yati va axloqiy qoidalariga moslashtirishga beqiyos ulush qo‘shdi.
Musulmon falsafasini yangi ratsionalistik prinsiplar, normalar
bilan boyitdi. Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllan-
Dostları ilə paylaş: