Odamlarning kundalik turmush tarzlari, ayniqsa, fikrlash
madaniyatidagi o ‘zgarishJar ham, m a’naviy-ma’rifiy sohadagi
faollik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik, bunyodkorlik hissining
ortib borishi ham, yangilik tomon intilishning kuchayishi ham
musulmon madaniyati ta ’sirining oqibati edi1. Shuning uchun
ham musulmon madaniyati, xususan, falsafasining G'arbga
ko‘rsatgan ta ’siridan ajablanmaslik, taajjubdan yoqa ushlamaslik
darkor2.
Afsuski, zamonlar o‘tishi bilan musulmon madaniyati erish-
gan yutuqlami, hatto Sharq olimlari, xususan, faylasuflarining
olam va odam borlig'i haqidagi fikr-mulohazalarini G ‘arb olim
lari «o'zlariniki» qilib olaboshladilar. Hatto musulmon olimla-
rining ismi shariflariga yevropacha nom berish urf bo'ldi. Chu-
nonchi, Ahmad Farg'oniy, yevropalik o‘quvchilarga «Alfarag-
nus», Abu Ali ibn Sino esa «Avitsenna», Ibn Rushd «Aver-
roes», deb tanishtirildi.
Yevropani ulug‘lovchi-evropatsentrizm tarafdorlari, Sharqda
allaqachonlar erishilgan ilm-fan, ma’naviyat-ma’rifat yutuqlarini
tan olgisi kelmas edi. Ular Yevropada sodir bo'lgan Renessans
voqeasini tashqi ta’sirsiz sodir bo'lgan, faqat Yevropa ilm-fan,
madaniyat beshigi, deb ayuhannos solar edilar. Shunday qilib,
Yevropada o‘z xalqi madaniyatini ilohiylashtirish, boshqa xalqlar
madaniyatini mensimaslik illatlarining ildizlari uzoq-uzoqlarga —
o'rta asrlarga borib taqaladi. Lekin vaqtning o‘zi adolatli hakam,
deganlaridek g'arbning ilg‘or olimlari musulmon madaniyati
ning Yevropaga ko'rsatgan ta’sirini zukkolik bilan ilg‘ab ola
boshladilar. C hunonehi, rus sharqshunos olim laridan biri
S.S.Uvarov, «Barcha dinlar, hamma fanlar, butun falsafa Osiyo-
dan kelib chiqqan, faqat Osiyogina ma’naviy dunyoning barcha
katta xazinalarini paydo qiluvchi ajoyib zakovatni o‘zida saqlab
qolgan; bu yerda biz umumiy bilimlarning yaxlit va haqiqiy
manbaini topa olamiz»3, deb yozgan edi. Bir ibora bilan ayt
ganda, G'arbdagi uyg‘onish musulmon renessansining yuksak
darajada takomillashgan shakli edi.
Dostları ilə paylaş: