bo'ladi. «Xayol quwati» yordamida inson bilim, hunar egallay-
di, faoliyat ko'rsatadi, foyda-zararning farqiga boradi1.
Forobiy ta’kidlaganidek, inson o‘zining aql-zakovati bilan
olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi
aql-zakovat
(«aqliy
quvvat»)
borliqning
tu rli-tum an
ko'rinishlarining aksidir. Inson o‘zidagi o‘sha aql-zakovat yor
damida awal yerda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning sabab-
larini, so‘ngra esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. In
sonning olam to ‘g‘risidagi to'plagan bilimlari, ya’ni hayotligida
yaratgan ma’naviy boyliklari hech qachon yo‘q bo‘lib ketmay-
di, balki «dunyoviy aql»ni tashkil etadi. Inson aqli olam sir-
larini bilishda eng yuksak cho'qqiga ko'tarilganda «dunyoviy aql»,
«dunyoviy ruh» bilan qo‘shiladi.
0 ‘z navbatida, har bir kishining joni va aqli, ya’ni «indi
vidual aql» va «individual jon»ning paydo bo‘lishida «dunyoviy
ruh», «dunyoviy aql» hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Forobiyning
tushuntirishicha, «dunyoviy ruh», «dunyoviy aql», «individual
jon», «individual aql» paydo bo‘lishi va rivojlanishining sabab-
chisidir. «Individual jon», «individual aql» inson tanasining
o‘lishi, yo‘q bo‘lishi bilan yo‘qolib ketmaydi, balki «dunyoviy
ruh», «dunyoviy aql»ga qo'shiladi. Insoning joni va aqli abadi-
ylikka ketadi, biroq hech qachon qaytib kelmaydi, qayta namo-
yon ham bo‘lmaydi. Ular tanani tark etgandan so‘ng yana bir
butun bo‘lib birlashadi, har bir jon va har bir aql inson
tanasida yashagan vaqtida orttirgan barcha ma’naviy narsalar
to ‘planib, hamisha barhayot «dunyoviy ruh», «dunyoviy aql»ni
tashkil etadi2.
Qadimgi yunon falsafasining o‘tkir bilimdoni, Zenon, Pla
ton, Aristotol, Epikur asarlarining mashhur targ‘ibotchisi, «Ik-
kinchi muallim», «Sharq Aristoteli» nomini olgan Abu Nasr
Forobiy inson aqlining imkoniyatlari cheksiz ekanligini isbot-
lab, o‘rta asr musulmon olamida keng tarqalgan faqat mumtoz
shaxslar — payg‘ambarlarga xos karomatning sirlarini bilish
yo'llari haqidagi diniy-mifologik qarashlarga qarshi chiqdi.
-----------%-----------------------------
Dostları ilə paylaş: