Forobiy inson o‘z taqdirini o‘zi o'zgartira olmaydi, degan
islom dini qoidalariga qarshi borib, inson o ‘z taqdirini
o'zgartirishi mumkin, degan g‘oyani olg‘a suradi. Xususan,
insonning baxt-saodatli bo'lishi ham o'zining qo'lida ekan-
ligini isbotlashga harakat qiladi. Baxt-saodatga erishish yo'llarini
aniqlab berishga intildi. Uning fikriga ko'ra, inson baxt-sao
datga erishmog‘i uchun, eng avvalo, baxt haqida bilimga ega
bo‘lmog‘i, so‘ngra baxtga erishish yo‘llari, vositalarini bilmog'i
darkor. Shuningdek, inson baxt-saodatga erishmog‘i uchun,
insonning insoniy fazilatlari mazmun va mohiyatini ham anglab
olmog'i zarur. Chunonehi, o ‘rta asrning mashhur insonshu-
nos allomasining tushuntirishicha, «fazilat» allaqanday mavhum
tushunchaga emas, balki insonning inson bo‘lib kamol topish
jarayonidagi am aliy ishlari bilan o ‘lchanadigan alohida
m a’naviy-axloqiy xususiyatidir. Fazilat insonning ezgulikka
erishishi borasidagi xulq-atvori, xatti-harakatlarining ifoda-
sidir. Forobiyning ta ’kidlashicha, insonni yaxshi, xayrli ishlar
qilishga, go‘zal xulq-atvor sohibi bo'lishga da’vat etuvchi
m a’naviy-axloqiy xususiyatlar fazilatlar deb ataladi. Insonni
xunuk xulq-atvor, xatti-harakatlarga da’vat etuvchi ishtiyoqlar
razolat deyiladi. Razolat insondagi kamchiliklar yoki nokas-
liklarning ifodasidir.
Forobiyning fikriga muvofiq, insonda baxt turli darajalarda
nam oyon bo‘ladi. Kasb-hunar sohiblari malakasiga qarab biri
ikkinchisidan ajralib turganidek, inson baxtliligi darajasi ham
biri ikkinchisidan farq qiladi. Baxtlilik insonning nafaqat kasb-
hunar malakasi, balki fe’l-atvori bilan ham bog‘liq bo'ladi.
Lekin inson tasodifan, osonlik bilan baxt-saodatga erishav-
ermaydi. Baxtli-saodatli b o ‘lish uchun inson uzluksiz ilm
o lish i,
tu rli k a sb la rn i,
h u n a rla rn i o ‘rg an ish i lozim .
Shuningdek, o ‘rganilgan kasblarni, hunarlarni ro'yobga chiqar-
ish, ya’ni amaliyotga tatbiq etish malakasiga ham ega bo‘lishi
darkor1.
Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlarida inson farovon-
ligini ta ’minlash yo'llarini aniqlashga intilish markaziy o'rinni
egallaydi. Inson farovonligini ta’minlovchi eng muhim shart —
Dostları ilə paylaş: