latni idora etishlari zarur, deydi. Shunday qilib, Forobiy ha-
qiqatparvarlik, insonparvarlikka asoslangan erkin «ideal davlat»ning
o ‘matilishini orzu qiladi, unga erishish manbai — ilm-fanda
ekanligini ta ’kidlaydi.
0 ‘rta asr sharoitida insonning insoniy fazilatlari, xislatlarini
aniqlashda3 Forobiy zamondosh olimlaridan ancha ilgarilab ket-
gan edi. Forobiyning fikricha, insondagi insoniylikning holatini
uning «kamolotiga sabab bo‘lgan, unga erishish uchun yordami
tekkan barcha narsalarni» (obyektiv shart-sharoit va subyektiv
omillar nazarda tutilayotir. — A.Ch.) tahlil qilishdan boshlashni
taklif etdi.
Mashhur mutafakkir inson m a’naviy qiyofasini har to
monlama o‘rganmoq uchun unda mavjud bo'lgan jamiki yaxshi
va yomon ijtimoiy fazilatlar, xislatlarni tahlil etdi. Inson ijti
moiy qiyofasini ifodalovchi mezonlarni, uning yaxshi-yomon
odatlari, qiliqlarini aniqlamasdan turib, shaxsda insoniylikning
shakllanganligi darajasi, holatini bilish mumkin emasligini is-
botlab berdi.
Insonning ma’naviy qiyofasi haqida fikr-mulohaza yuritgan
Abu Nasr Forobiy, chinakam m a’naviy yetuk kishi qiyofasida
bilim, axloqiylik bilan uyg‘unlashib bormog‘i zarur, deydi.
Bilim, ilm hodisa va voqealarning mohiyatini, o ‘zgarib turi-
shining ichki sabablarini bilish uchun real imkoniyat yaratsa,
axloqiylik insonni yaxshilikka, ezgulikka, yaxshilarning yaxshi
fazilatlarini, xislatlarini o'rganishga da’vat etadi. Ma’naviy yetuklik
— bu amaliy donishmandlikdir. Insonni insoniylik xususiyat-
larini, xislatlarini bilish va ularga erishishning amaliy vosita-
larini anglashdir.
Forobiyning ta’kidlashicha, inson ma’naviy qiyofasida xuddi
uning vujudiga o‘xshash sog'lik va xastalik mavjud bo‘ladi. In
sondagi m a’naviy sog‘lomlik, uning ichki dunyosidagi turli
Dostları ilə paylaş: