holatlar, bo‘laklar orasida uyg‘unlik vujudga kelsa sodir bo‘ladi.
Bunday paytda inson turli olijanob ishlarni qiladi, go‘zal xulq-
atvor sohibi bo‘ladi. Inson ichki dunyosining holatlari orasidagi
muvozanat buzilsa, u doim razil ishlarni, xunuk harakatlarni
qilishga odatlanadi.
«Baxt-saodatga erishish haqida»gi risolasi inson g‘oyaviy-ax-
loqiy, professional fazilatlari, xislatlari, intellektual salohiyatini
ifodalovchi mezonlarni («fikriy fazilat», «fikriy quwat») aniq
lab berdi. Insonning intellektual quwatini shakllantirishda ta’lim-
tarbiyaning ahamiyatini ifodalovchi fikr-mulohazalari Forobiy
o‘rta asrning mashhur insonshunos olimi ekanligidan dalolat
beradi.
Shialik, xususan, qarmatlik g'oyalari ta’sirida fikr-mulohaza
yuritgan mashhur shoir Abu Abdullo Rudakiy1 insonning baxt-
saodatga erishish yo‘llarini izladi. Baxt-saodatga erishishning muhim
yo‘li — axloqiy poklik, deb tushuntirdi. Uning fikriga ko‘ra,
insonning axloqiy pokligi, eng awalo, bilim, ilm bilan qo‘lga
kiritiladi. Inson to ‘la baxt-saodatli bo‘lmog‘i uchun unga to‘rt
narsa: sog‘liq, yaxshi odob, yaxshi nom va aql kerak. Chunki
aql yordamida inson olamdagi hodisalarning, voqealarning
mohiyatini bilib oladi. Hodisa yoki voqea haqida yaxlit tasawuiga
ega bo‘lmoq uchun uni nafaqat tashqi, balki ichki mohiyatini
bilmoq kerak, deb hisoblaydi.
0 ‘rta asr musulmon shoiri, o‘zining falsafiy she’rlari bi
lan kishilarni yaxshilikka, saxiylikka, do‘st-u birodarlikka,
o‘zaro hamkorlikka undaydi. Hatto turli dinlarga mansub kishi
lar ham bir-birlari bilan do‘st-birodar bo‘lib yashashlari zarur,
deydi. Bunday olijanob fazilatlarga ega bo‘lmoq uchun inson
Dostları ilə paylaş: