O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Qarang: Abu N asr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent, 1993, 165—166-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Qarang: Abu N asr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent, 1993, 165—166-
betlar.
148


fozil odamlar jamiyatini qurish deb biladi. 0 ‘sha jamiyat bunyod- 
korining o‘zi qanday insoniy fazilatlarga, xislatlarga ega bo‘lmog‘i 
kerak? Fozil odamlarning turmush tarzi qanday tamoyillar asosi­
da shakllanmog‘i darkor? degan savollarga javob izlaydi. Ushbu 
savollarga javob bermoq uchun, eng awalo, insonning o‘zini, 
uning tabiatiga xos xususiyatlarni bilish lozim. Inson tabiatini 
o‘zgartirish, ya’ni uni yaxshilik, ezgulik prinsiplari asosida tar- 
biyalash yo'llarini aniqlash zarur, degan xulosaga keladi. 0 ‘z 
navbatida inson tabiatini o‘zgartirish orqali jamiyatni inson man- 
faatlari tomon burib yuborish, buning uchun esa jamiyatni idora 
qilishning to'g'ri vositalarini izlab topish, fuqarolaming xulq- 
atvorlari, xatti-harakatlarini ijtimoiy adolat normalari asosida 
tartibga solish darkor, degan g‘oyani bayon etadi. Bir ibora 
bilan aytganda, Forobiyning tushuntirishicha, inson farovon- 
ligini ta’minlamoq uchun jamiyat hayotining barcha jabhalarida 
ijtimoiy adolat prinsiplari ustuvor bo‘lmog‘i zarur.
0 ‘rta asr musulmon faylasuflari orasida Abu Nasr Forobiy 
birinchilardan bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsadi 
va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Forobiyning fikriga 
asosan, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondirish uchun turli jamoalarga birlashganlar. Odamlar jamoa- 
sini boshqarishda ijtimoiy adolat prinsiplari, normalariga rioya 
qilish darkor ekanligini qayta-qayta takrorladi'. Jamiyatni boshqa­
rish mexanizmini insonparvarlashtirish rahbarlar, yo'lbosh- 
lovchilaming roli beqiyos ekanligini har tomonlama isbotlab, 
jamiyatni adolatli boshqarishda davlat boshliqlari uchun zarur 
bo‘lgan asosiy fazilatlar, xislatlami aniqlab berdi2.
Davlat boshlig‘ining eng zarur fazilatlari sifatida: muloha- 
zali bo'lishni, adolatparvarlikni, kamtarlikni, haqiqatni sevish 
va eng asosiysi, aqlli bo‘lishni alohida qayd etdi. Lekin bunday 
fazilatlar bir kishida mujassam bo'lishi mumkin emasligini 
tushunib yetgan Forobiy, yuqorida sanab o'tilgan fazilatlarni 
o‘zida mujassamlashtirgan bir necha shaxslar birgalashib, dav-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin