lari edilar. Turgan gapki, uning o‘zi ham ushbu ta’limotga
xayrixoh edi.
Ibn Sinoning fikriga asosan, inson tana va jondan tashkil
topgan. Inson jonini miya boshqarib turadi. Inson boshqa tirik
mavjudotlar, xususan, o‘simlik, hayvon jonidan o‘zining fikr
yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi. Inson joni eng oliy,
eng yetuk jondir. Shuningdek, inson joni boshqa tirik mavjudot
lar jonidan olamda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning mohiya
tini ilg‘ab olish, o‘zi amalga oshirayotgan faoliyatni aniq maqsadga
yo‘naltira olish qobiliyatining mavjudligi bilan ham tubdan farq
qiladi. Inson jonining eng oliy ifodasi aqldir.
Buxorolik m utafakkir olam va odam m unosabatlarini
o‘rganishda aqlning imkoniyatlariga qattiq ishonar, uni mutlaq
haqiqatni bilishga qodir bo'lgan yagona qudrat, deb bilar edi.
0 ‘zining aqli kull va uqullar1 nazariyasida bunday g‘oyani har
tomonlama isbotlashga harakat qildi. Uning tushuntirishicha, olam
ni yagona vujud — «Aqli kull» boshqaradi. Osmondagi barcha
jismlar o‘sha «Aqli kull»ni harakatga keltiruvchi kuchlardir. Xuddi
shuning uchun ham Abu Ali ibn Sino o'zining «Risolat at-
tair», «Xayy ibn Yaqzon» asarlarida odamlarni bilim olishga,
ilm o‘rganishga da’vat etadi. Ilohiy va dunyoviy bilimlami
o‘rganish inson umrini sermazmun qiladi, degan fikrni kun
tartibiga qo‘ydi. Uning e’tirof etishicha, ilm hamma narsadan
ustun turuvchi ilohiy ne’mat, inson nomini mangulikka muhr-
lab qo‘yuuvchi vositadir.
Abu Ali ibn Sino o‘zining «Hayy ibn Yaqzon» qissasida
inson ruhiy-ma’naviy qiyofasini turli salbiy, g'ayriinsoniy illat-
lardan tozalashda «Aqli kull»ning imkoniyatlari beqiyos ekan
ligini tushuntirib berdi. Shuningdek, insonning aqliy imkoniyat
lari bilan olamning haqiqiy manzarasini o‘rganish orasida dia-
lektik aloqadorlik mavjudligiga e’tibomi qaratdi. Lekin ayrim
hollarda insonni ruhiy-ma’naviy tubanlashishi oldida, xususan,
inson ongi va faoliyatini nafs degan balo o‘z komiga tortib
ketganda, hatto «Aqli kull» ham yordam ko‘rsata olmasligini
alomda ta’kidladi.
\
Dostları ilə paylaş: