Abu Ali ibn Sino «Hayy ibn Yaqzon» asarida olamning
haqiqiy manzarasini bilishda inson aqlining imkoniyatlarini osh/-
rish haqida to‘xtalar ekan, bu borada mantiq ilmining ahami-
yatiga katta baho berdi. Uning fikriga ko‘ra,
mantiq olam va
odam munosabatlarini bilishda inson bisotidagi eng ishonchli
vosita — «oqar chashma»dir. Unda cho‘milsang va suvidan ich-
sang — bilimlar dengizida bemalol suzaverasan.
Kishining kamo-
loti, turli badbaxtliklardan xoli bo'lishi ham ilmga, aqlga sado-
qat ko‘rsatishi tufaylidir.
Aksincha, inson xulq-atvoriga, xatti-
harakatiga o‘rnashib olgan g'ayriinsoniy
illatlar uning umrini
bekorchi ishlarga sarflaydi.
Abu Ali ibn Sinoning ta ’kidlashicha, aqliy va axloqiy yetuk
inson mustaqil fikrlash malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor. Musta-
qil fikrlash malakasiga ega bo‘lishni xohlagan har bir kishi —
mantiq, ya’ni farosat ilmini yaxshi o‘zlashtirib olishi zarur.
Alloma yozganidek: «Farosat ilmi foydasi naqd bo‘lgan ilm-
lardandir.
Sen bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning o‘zaro
yashirib yurgan fe’l-u atvorlarini bildiradi. Mana shu farosatning
bildirilishi natijasida o ‘z biliming bilan unga bog‘lanib qolasan,
yo undan yuz o'girasan. Farosat ilmi sening o‘zingning aslingda
bor bo‘lgan instinktiv yaratilmalaming o‘zgartirilmagan
tabiat-
larini ko‘z o‘ngingga keltirib qo'yadi. Agar senga farosatni tu-
zatuvchi qo‘li tegsa, sen juda o'tkir bo‘lib ketasan»1.
Mantiqdan boshqa ilmlarni Ibn Sino o‘zining «Aqliy bilim
lar tasnifi» («Aqsom ul-ulum ul-aqliya») asarida tabiiy va ijti
moiy, falsafiy ilmlarni esa nazariy va amaliy ilmlarga bo‘ladi.
Falsafaning nazariy qismi uning fikriga ko‘ra, uchga: 1) quyi
darajadagi ilm — tabiatshunoslik; 2) o‘rta darajadagi ilm —
matematika; 3) oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo‘linadi.
Falsafaning amaliy qismi ham uchga: 1)
shaxs haqidagi ilm;
2) insonning o ‘zaro munosabatlari haqidagi ilm; 3) davlatni,
mamlakatni boshqarish haqidagi ilmlarga bo‘linadi.
Ibn
Sinoning dalillashicha, insonning eng muhim xislatlari-
dan biri o‘zi yashayotgan atrof-muhitda sodir bo‘layotgan ho-
Dostları ilə paylaş: