disa va voqealarning mohiyatini bilib olishga qodirligidir. Inson
olamni o‘zining ichki va tashqi sezgilari yordamida bilib oladi.
Mashhur «Tib qonunlari» asarida ta’kidlanishicha, tashqi sezgi
(ko‘rish, eshitish, ta ’m bilish, hid va teri) insonni tashqi olam
bilan bog‘laydi. Ichki sezgilar (taxmin etish, ifodalash, eslab
qolish, xotira) tasaw ur etish imkoniyatini yaratuvchi sezgi-
lardir. Ichki sezgilar tashqi sezgilar asosida shakllanadi. Ichki
sezgilar tashqi sezgilar orqali olingan ma’lumotlarni qabul qilib
olish, umumlashtirish, uni xotirada saqlab, qayta tiklab, tasav-
vur etish uchun xizmat qiladi1.
Ichki va tashqi sezgilar yordamida bilib bo'lmaydigan olam
sirlarini inson dunyoviy aqldan madad olib turgan tafakkur
orqali bilib oladi. Dunyoviy aql inson tafakkuri quwatini,
xususan, muhokama qilish, mulohaza yuritish salohiyatini oshi-
radi. Tafakkur quwatining orta borishi bilan inson sezgilar
yordamida bilib olinmagan olam sirlarini bilib olishga qodir
bo‘ladi. Alqissa, Ibn Sinoning isbotlashicha, inson joni dunyo
viy aql va dunyoviy ruh bilan qo‘shilganda olamni bilish bo-
rasida muvaffaqiyatga erishiladi.
Inson hech qachon tanho, yakka o‘zi yashay olmaydi. U
kundalik ehtiyojlarini qondirish, turli orzu-umidlarini
r o 'y o b g a
chiqarish uchun jamoa bo‘lib yashashga intiladi. Ibn Sinoning
fikricha, turli jamoalarga birlashgan kishilar faoliyatini oqilona
boshqarib turish, jamoaning barcha a’zolarini foydali mehnatga
safarbar qiluvchi maxsus qonunlar, yo‘l-yo‘riqlar, qoidalar
bo‘lishi zarur. Har qanday jamiyat, har qanday davlat odam
lar faoliyatini adolatli qonun-qoidalarga asoslanib idora etmog'i
darkor.
Ibn Sinoning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan
odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim
omillardan yana biri axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qan-
chalik tadbirkor bo‘lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayan-
masa u adabsiz bo‘ladi, yomonlikka yo‘l qo‘yadi. Ibn Sino
o‘zining «Qush tili» asarida insondagi adabsizlik, axloqsizlik
alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik kabi xislat-
Dostları ilə paylaş: