Xalifa Ma’mun ilm-fanni, ayniqsa, astronomik tadqiqotlarni
yanada takomillashtirish maqsadida rasadxonalar qurilishiga alo
hida e’tibor berdi. Chunonehi, 828-yilda Bag‘dodda, 831-yilda
Damashq yaqinida rasadxonalar ishga tushirildi. Ilm-fanni yanada
rivojlantirish uchun nafaqat Bag‘dodda, balki xalifalikning boshqa
yirik shaharlarida ham akademiyalar, yangi-yangi madrasalar
bunyod etildi. Chunonehi, IX—X asrlardayoq Xorazmda «Ma’mun
akademiyasi», Termizda ayollar akademiyasi, birgina Samarqandda
17 madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Madrasalarda diniy ilmlar
bilan birga dunyoviy bilimlardan ham saboq berilardi. Xuddi shu
madrasalarda tahsil ko‘rgan Abu Mansur Moturidiy, Abdulqosim
Samarqandiy, Abu Abdullo Rudakiy, Ahmad Juzjoniy, Ibro-
him Shoshiylar musulmon madaniyatini shakllantirish uchun
fidoyilik qiladilar1.
Bag‘dod akademiyasi musulmon madaniyatini shakllantirish-
da ulkan hissa qo'shdi. Akademiya faoliyat boshlashi bilan tar-
jimonlikning rivojlanishiga asosiy e’tiborni qaratdi. Taijimonlik-
ning rivojlanib borishi bilan nafaqat Hind, Xitoy, Yahudiy,
balki xalifalik tasarrufidagi mamlakatlar, xususan, qadimgi Eron
va Turon xalqlari tilida yaratilgan asarlar ham arab tiliga taqima
qilindi. Shuningdek, tarjimonlikning rivojlanib borishi bilan
qadimgi Yunon olimlari, ayniqsa, faylasuflarining asarlari arab
tiliga o‘girildi.
IX asrning yigirmanchi yillarida xalifalik poytaxti Bag‘dodda
taijimonlar uchun maxsus maktab tashkil etildi. Xalifa M a’mun
taijimonlar maktabiga Husayn ibn Is’hoqni bosh taijimon qilib
tayinladi. U o‘zining 90 shogirdi bilan Yunon olimlari: Bo‘qrot
(Gippokrat), Batlimus (Ptolomey), Aflotun (Platon), Arastu
(Aristotel), Jolinus (Galen), Orbaziy asarlarini arabchaga tar-
jima qildi. Xususan, taijimonlar A1 Xajjoj ibn Yusuf al-M ator
Batlimusning «Amajistiy», Masaxiy Abu Zakariyo ibn al-Batrik
Ailotunning «Siyosat», «Fazo», «Jon», «Meteorologiya», So-
bit ibn Qurra Arximed asarlarini arab tiliga tarjima qildilar2.
Natijada, xalifalik hududida yashovchi turli xalqlar ziyolilari
qadimgi Yunon madaniy merosidan bahramand bo‘la boshladi-
lar. 0 ‘z navbatida, qadimgi Yunon madaniyati, xususan, fal-
Dostları ilə paylaş: