majburiyatdir. Hatto sifograntlar (boshliqlar)
ham el qatori mehnat
qiladilar, chunki mehnat orolda axloqiy zaruriyatga, ehtiyojga
aylangan. Orol xalqi 6 soat mehnat qiladi (o‘sha davr Angliyasi
uchun 6 soatlik ish kuni orzu edi). Eng og‘ir mehnatni jino-
yatchilar bajaradilar. Shu bois utopiyaliklar bo‘sh vaqtlarini o‘z
axloqiy qiyofalarini takomillashtirish uchun sarflaydilar.
Aqliy m ehnat bilan orolda eng iste ’dodli
kishilar
shug‘ullanadilar. Boshqa yurtlarda esa «hanuzgacha fan bilan
to ‘nkalar va galvarslar mashg'ullar, yuksak aql sohiblari esa
behuda qurbon bo‘lib ketmoqdalar»1. Aynan shu yuksak aql
sohiblari Utopiyada turli lavozimlarda mehnat qiladilar, din
peshvolari sifatida faoliyat ko'rsatadilar.
Darvoqe,
Utop orolidagi turmush tarzi, ishlab chiqarish
aqlga muvofiq joriy etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ular hayotida
axloq ustuvorligicha qolaveradi. Aynan axloq nuqtayi nazaridan
orolda
inson eng oliy qadriyat, deb e’lon qilingan. Inson eng
qadrli mavjudot bo‘lgani tufayli hamisha huzur-halovatda
yashamog‘i lozim. Ushbu huzur-halovatlarning eng asosiysi salo-
matlikdir. Salomatlikning birinchi sharti esa me’yorida ovqatla-
nish bilan bog‘lanadi.
Utopiyaliklarning tinchliksevarligi
ham orolda axloq norma-
lari ustuvorligidan dalolat beradi. Orol xalqi urushni hayvoniy
qiliq, deb hisoblaydi, o‘z tashabbusi bilan urush ochishdan
hazar qiladi. Biroq orol saodati uchun kurashishga majbur
bo‘lganlarida jonlarini jabborga beradilarki,
orolni kulfatlardan
saqlab qoladilar.
Umuman oroldagi hayot ko‘proq huquqiy normalar emas,
axloqiy normalar asosida boshqariladi. Shu boisdan qonunlar
shu qadar kamki, ularni butun aholi yaxshi biladi. Darhaqiqat,
xalq uchun qonunlarning ko‘p bo‘lishi shart emas.
Orolda axloq ustuvor bo‘lgani bois
aholining dinga munosa-
bati ham o‘zgacha. Bunda T.Mor asl dinni xurofot-u irim-
sirimdan ajratib olish zarurligiga ishora qiladi. Asl din deganda
mutafakkir Florensiya platoniklari talqin etgan universal dinni
tushunadi. Utopiyani qachonlardir kashf etgan Utop,
asar qah-
ramoni Gotlodeyning aytishiga qaraganda, bunday dinni orolda
Iso payg'ambar tavalludidan 144-yil aw al joriy etgan emish.
Ushbu dinga ko'ra, Xudo bittadir, u vaqti-vaqti bilan turli
Dostları ilə paylaş: