O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Jan Boden 1530-yilda Anji shahrida tavallud topdi. U Tuluzada siyosat



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Jan Boden 1530-yilda Anji shahrida tavallud topdi. U Tuluzada siyosat,
huquq va falsafa muammolarini o'rgangach, Parijga keldi. Siyosiy faoliyat bilan
shug'ullandi. 1567-yilda Bluadagi bosh shtatlarda uchinchi tabaqa deputati bo‘ldi.
1596-yilda vafot etdi. Uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari «Tarixni o'rganishning eng
oson usuli», «Respublika haqida olti kitob», «Narsalar narxining nisbatan oshishi
va pul haqidagi M.Molostrua paradokslariga javoblar», «Haqiqat to ‘g ‘risida», «Yetti
kishi muloqoti» asarlarida bayon etilgan.
102


N.Makiavelli kabi Jan Boden ham davlat absolutizmi taraf- 
dori edi. Xuddi shuning uchun davlat manfaatini din manfaati- 
dan ustun qo‘yar edi. Chunki davlatning kelib chiqishi Xudo- 
dan emas. Shu bois din siyosatdan xalos bo‘lishi, davlat ish- 
lariga aralashmasligi zarur, degan g‘oyani olg‘a suradi.
Har qanday jamiyatda ham, turli tabaqalar, turli ijtimoiy 
guruhlar orasida vujudga kelgan mojarolar, dilsiyohliklar zami- 
nida manfaat yotadi. Manfaatlar haqida fikr-mulohaza yuritgan 
Boden manfaatlar ichida eng asosiysi — mulk bilan bog'liq 
munosabatlardir, deb ta’kidlaydi. Uning tushuntirishicha, mulk 
bilan bog‘liq munosabatlar, eng avvalo, jamiyatning asosi 
hisoblangan oilada mujassamlashadi. Xuddi shuning uchun ham 
oila davlat siyosatining asosi bo‘lmog‘i zarur. Bu o‘rinda J.Boden 
Aristotelning «Siyosat» asarida ilgari surilgan g'oyalami yanada 
rivojlantiradi. Davlat oila manfaatlarini himoya qilganidagina ijti- 
moiy-siyosiy tuzum barqarorligi ta’minlanadi. Buning uchun esa 
davlat o‘z navbatida xususiy mulkchilikni muhofaza etmog'i darkor. 
Oila va xususiy mulkchilikni himoya qilmoq uchun davlatni 
merosxo'r Monarx boshqarishi kerak. Lekin uning huquqlari 
cheklangan bo‘lishi shart.
N.Makiavelli o‘z davrida ItaUyada sodir etilayotgan turli bosh- 
boshdoqliklarga barham berish uchun hokimiyatni yagona Mo­
narx qo'lida jamlashni, J.Boden esa Monarx qo'lida jamlangan 
hokimiyatni xalq tomonidan nazorat qilishni muhokama etgan 
bo‘lsa, Gollandiyaning yetuk siyosatshunosi, gumanisti va hu­
quq nazariyotchisi Gugo Grotsiy1 allaqachonlar shakllanib bo‘lgan 
respublikaning ijtimoiy-siyosiy muammolari xususida bosh qoti- 
radi. Ko‘rinib turibdiki, Yevropa siyosiy tafakkuri obyektiv zaru- 
riyat in’ikosi o'laroq «anarxiya-monarxiya-respublika» mantig'i 
asosida shakllana boradi.
Inson, G.Grotsiyning fikriga muvofiq, hayvondan o‘zining 
tinchlikka, osoyishtalikka, o‘zaro muomalaga bo‘lgan ehtiyoji

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin