birlari bilan qo'shilib ketmagan edi. Xristianlik o'zining trans-
sendental xususiyatiga ko‘ra, Xudo bilan koinotga hukmronlik
davosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor Xudoning inson tanasiga
o'rnashib olishi ajablanarli holat edi.
Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay
olmaydi (Platonning tushuntirishicha esa, jon o‘lmas, tana
o ‘lganidan so‘ng ham boshqa tanaga ko'chib yashayveradi), degan
aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining
asosini tashkil etdi.
Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian
faylasuflaridan biri Origendir1. Uning flkricha, inson degan tirik
mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq
emas, chunki u Xudo tomonidan in’om etiladi, hamisha yax
shilik va haqiqat tomon intiladi. Qalb kishining o‘z «Men»idh
va insonda individuallik boshlanayotganligidan dalolat beradi. Ori-
genning tushuntirishicha, xuddi o ‘sha qalb, yaxshilik va yomon-
likni tanlab oladi. Olz tabiatiga ko‘ra, u hamisha jon oldida,
tana esa — qalb oldida qarzdordir. Lekin qalb o‘zida ikki qutbni
(yaxshilikni ham yomonlikni ham qabul qila olgani uchun)
mujassamlashtirgani uchun uning pastki qismi ba’zan yuqoriga
chiqib oladi va insonda turli havas, ishtiyoqlami uyg'otadi. Bunday
holat inson odatiga aylangunga qadar u gunohkor mavjudot
bo‘lib qoladi, yaratuvchi tomonidan yaratilgan tabiatning tar-
tib-intizomiga amal qiladi. Shunda oliy qashshoqlikka bo‘ysunadi.
Xuddi shunday yo‘l bilan olamga yomonlik kirib oladi.
Shunday qilib, yomonlik Xudodan ham, tabiatdan ham kelib
chiqmaydi, tanada ham paydo bo‘lmaydi, balki u insonning
o‘zida hosil bo'ladi. Origenning fikriga asosan, yomonlik Xudo
tomonidan insonga in’om etilgan erkinlikning suiste’mol qilini-'
shi tufayli vujudga keladi. Shuning uchun o‘rta asr xristian
falsafasi inson erki bilan bog‘liq b o ‘lgan m uam m olarni
o'rganishni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Boshqacha qilib aytganimiz-
Dostları ilə paylaş: