da, o ‘rta asr xristian falsafasining eng muhim xususiyatlaridan
biri, inson erki haqidagi muammolarni birinchi o‘ringa olib
chiqqanligi bilan ajralib turadi. Buni
biz xristian sxolastikasini
ma’lum tizimga solgan Avgustin Blajenniy1 qarashlarida ko‘rishimiz
mumkin.
Olrta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga
xos ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi yunon antro-
pologiyasining butun diqqat-e’tibori,
inson axloqi, bilimini
ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr kishisida esa,
eng muhim
insoniy fazilat — e’tiqod, ishonchga asoslangan erk hisoblanadi.
Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘miga erki
e ’zozlandi.
Inson ichki olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur
xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha,
inson yaxshi-
likni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatda u
qilishi kerak bo‘lmagan narsalarni qiladi. «Men bir narsani
ma’qullayman, —
deb yozgan edi Avgustin, — lekin boshqa-
sini bajaraman»2. Bunday nomutanosiblikni Avgustin qalbning
kasalligi, insonning o‘zi-o‘ziga bo‘ysunmaganligining oqibati, deb
biladi.
Xuddi shuning uchun ham, o ‘rta asr dunyoqarashiga
muvofiq, inson o‘zidagi noma’qulchiliklarni, gunohlami Xu
doning yordamisiz bartaraf eta olmaydi.
Olrta asrda inson o‘zini koinotning bo‘lagi deb his etmaydi.
Endi u tabiatdan uzib olingan va butun koinotning ustiga chiqarib
qo‘yilgan edi. 0 ‘rta asr xristian faylasuflarining
tasawurida inson
koinotdan balandroq turar va butun tabiatning hukmdori bo‘lishi
lozim edi. Lekin o‘zining nodonligi, gunohlari ko‘payib ketgan-
ligi
tufayli nafaqat tabiatga, hatto o‘ziga ham xo‘jayinlik qila
olmaydi va to‘la ilohiy karomatga bog‘liq -bo‘lib qoladi. Hatto
qadimgi zamon in’om etgan barcha jonli mavjudotlardan ustun
turish maqomi (statusi) ham mustahkam bo‘lmay qoldi. 0 ‘rta
Dostları ilə paylaş: