Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-847) risolalaridan birida bunday deb
yozadi; " Bilingki, dunyoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan
bo ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig’ tutumanglar". Dunyoning yoshli
ko zlari deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko'zda tutgan ekan?
Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo'lishini nazarda tutgandir? U eng
avvalo daryo bilan odamlarning bir-birini tushinishlari va til topishishlari o’zaro
mehr-muhabbat qo’yishlarini nazarda tutgan.
847 yilda Muhammad Muso al-Xorazmiy “Kitob surat al-arz" degan asarini
yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit'alar, qutblar, ekvatorlar, gulllar,
tog'lar, daryo va dengizlar. ko’llar va o’rrtionlar va ulardagi o’simliklar, hayvonot
dunyosi, shuningdek boshqa tabiiy resruslar - Erning asosiy boyliklari haqida
ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya,
etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko’nikmalari va tarixiy-
huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
Abu Nasr Farobiy (870-950) tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan
shug’ullangan bo’lib, “Kitob qolhaji va al-Miqdor”, “Kitob al-mabodi al-insoma”,
"Kalam fia'zo al hay von” nomli asarlari bunga dalil bo’la oladi.
*
Farobiy o ’zining ‘‘Ixsoa al-ulum va al-ta'rif’ asarida zamonasidagi ilmlarni har
tomonlama o ’rganib, ularni ma'lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm
tarmog’iga ta'rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e'tibor berdi.
Tabiatshunoslikka oid “Kitob al-mabodi al-insonia”, “Kalam fia'zo al hayvon” kabi
asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari
haqida, ularning o’xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik-
fiziolgik tushunchalar berilgan. Ularining ruhiy holatlaridagi hususiyatlari haqida
ham to’xtalib o’tilgan. Kasalliklarining oldini olish, sog’lomlashtirish va boshqa
chora-tadbirlarni qo’llash lozim ekanligi haqida ma'lumotlar keltiriladi.