O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rtaTa’lim oluvchilar bilimini faollashtirish
6-Mavzu(nomi): Jismoniy tarbiya bayramlarini tashkil qilish “Sog‘lomjon– polvonjon”; “Оtam onam va men” bayramlarini o‘tkazish. MTTda o‘zbek milliy harakatli o’yinlarini tashkil etish. Milliy harakatli o’yinlarini paydo bo‘lishi. Ularning bolalar tarbiyasiga va rivojlanishiga ta’siri. Milliy harakatli o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, sharcha, badminton, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Bolalar bog‘chasida katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini o‘tkazish mumkin. Ular bolalar musobaqa, o‘yin estafetasi elementlari mavjud harakatli o‘yinlarni uyushgan holda o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni mustaqil tashkil etadigan bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishni, uyushqoqlikni, 151 kuzatuvchanlik, muayyan harakat texnikas ini, harakatning tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi. Sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinlarni birlashtiruvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o‘yinning o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o‘yin muddati vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari maxsus tayyorlanadigan joyni, belgilangan maydonchani, tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarda bolalar sport o‘yinlari texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar ko‘pincha o‘yinlarni qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun muhimdir. Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimdir. To‘p bilan harakat qilish, tutib olish, ilib olish va ushlab turish, to‘pni yo‘nalishini belgilab olish, fazoda to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi. Basketbol Bolalarni basketbol o‘yini elementlariga o‘rgatish turgan joyda va harakatda koptokni egallab olish, bir-biriga uzatish, olib yurish, savatga tashlashni o‘z ichiga oladi. O‘yin mashqlaridan foydalanib, bolalarni oddiy qoidalar bilan o‘ynaladigan basketbol o‘yiniga olib kelish kerak. O‘yin o‘lchami 5x10 dan 7x13 m gacha bo‘lgan maydonda o‘tkaziladi. Maydon chegaralari chiziqlar bilan belgilanadi. Maydonning qarama-qarshi tomoniga 120x80 sm o‘lchamli taxta to‘siqlar o‘rnatiladi. To‘siq ustunga mustahkamlanadi. Eng qulay variant – to‘siqni maydoncha chetiga o‘rnatiladigan shakl (metall konstruksiyaga biriktirishdir). To‘siq go‘yo 152 maydoncha ustiga osilib qolganday bo‘ladi. Bu o‘yinni ancha xavfsiz qiladi. Standart o‘lchamli basketbol xalqasi to‘siqning pastki chegarasidan 20 sm narida, yerdan 1,7-2 metr balandlikda mustahkamlanadi. Maydoncha chegaralaridan 1 metr masofada skameyka, ustun va hokazolar bo‘lmasligi kerak. To‘siqdan 1,5 metr narida maydoncha ichida jarima to‘pi tashlash chiziqlari chiziladi. Bolalar yerga urilganda yaxshi qaytadigan to‘plar (aylanasi 40x50 sm) bilan basketbol o‘ynaydilar. O‘yinning maqsadi – o‘yin uchun ajratilgan vaqt mobaynida, to‘pni olib yurib va uning komandadagi sheriklariga oshirib, boshqa komanda savatiga mumkin qadar ko‘p to‘p tashlashdan iborat. Komanda tarkibi 5 tagacha kishidan iborat. O‘yin 3-5 minutdan ikki taym o‘ynaladi. Savatga to‘p tushurilgani uchun 2 ball beriladi. Qo‘ldagi to‘p bilan 3 qadamdan ko‘p qadam tashlash mumkin emas. To‘pni maydonchadan urib qaytarib, to‘p bilan harakatlanish mumkin. O‘yinchilarni turtish, kiyimlari va qo‘llaridan ushlab olish, chalish mumkin emas. Qoidani buzgani uchun to‘p olib qo‘yiladi va boshqa komanda o‘yinchisi tomonidan yon chiziqdan o‘yinga kiritiladi. O‘yin qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun o‘yinchi 1–3 minutga maydondan chiqarib yuboriladi. Lekin bunda uning o‘rniga boshqa o‘yinchi tushib o‘ynashi mumkin. Badminton Badminton o‘yin o‘lchami, 3,5x8 dan 5x10 m gacha bo‘lgan maydonchada o‘tkaziladi. Maydonchaning o‘rtasidan 130 sm balandlikda setka (yoki chizimcha) tortiladi. O‘ynovchilar navbat bilan vol anni setkadan oshirib urib qaytaradilar. Agar volanni o‘yinga kirituvchi xatoga yo‘l qo‘ysa, ya’ni (volanni o‘z maydonidan o‘tkaza olmasa, uni sherigining maydonini tashqarisiga chiqarib yuborsa yoki setkaga tegizsa, uni raketka gardishi bilan ursa) uni boshqa o‘yinchi o‘yinga kiritadi. Agar himoyalanuvchi xato qilsa, volanni o‘yinga kiritgan o‘yinchiga ochko yoziladi. O‘yin kelishib olingani bo‘yicha 5, 7 yoki 10 ochkogacha davom etadi. O‘yin birnecha partiyadan o‘ynalishi mumkin. O‘yinni bir ikki kishi yoki ko‘p sonli jamoa bo‘lib o‘tkazish mumkin. Lekin bunda boshqalarga xalaqit bermaslik 153 uchun har bir o‘yinchiga zona chiziladi, u bu zonadan tashqariga chiqmasligi kerak. Bolalar volanning fazodagi harakati dinamikasini his qilishlari uchun badminton o‘yiniga o‘rgatish volanni yuqoriga otish va biridan ikkinchisiga oshirish bilan boshlanadi. So‘ngra turgan joyda va harakat paytida volanni raketka bilan urish mashq qilinadi. Shundan so‘ng bolalar qo‘lda tashlangan volanni urib qaytarishni o‘rganadilar. Asta-sekin volanni o‘yinga kiritish o‘zlashtiriladi. Keyingi bosqich – maydonchada juft-juft bo‘lib o‘ynash – avval setkasiz, so‘ngra oddiyroq qoidalar bilan setkadan oshirib o‘ynaladi. O‘rgatish uchun standart raketka va volanlardan foydalaniladi. Stol tennisi O‘yin o‘lchami 230x100 dan 250x130 sm gacha bo‘lgan stolda o‘tkaziladi. Stolning balandligi 65, 68 sm. Balandligi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan stollar qulay. Stolning yuzasi yog‘och qirindisidan tayyorlangan plita yoki 8, 10 qalinlikdagi namga chidamli faneradan qilinadi va bo‘g‘iq ko‘k rangga bo‘yaladi. Stolning chetlariga 3 sm kenglikdagi oq chiziq chiziladi. Stolning bur- chaklari dumaloqlangan bo‘lishi kerak. Koptok va raketka bilan mashq qilish uchun odatdagi stollardan foydalanish ham mumkin. Standart raketkalar bolalarga biroz og‘irlik qiladi, shuning uchun uning dastagini 2 sm ga qisqartirish, diametrini esa 0, sm kamaytirish kerak. O‘rgatish uchun har bir bolada koptok va raketka bo‘lishi zarur. Ayrim mashqlarni faqat sayrlarda emas, balki mustaqil ravishda binoda ham bajarish mumkin. O‘rgatishning boshlarida stol tennisi koptogi bilan bajariladigan mashqlar beriladi. Bu mashqlarning izchilligi taxminan shunday: — koptokni yuqoriga otish hamda uni ikki va bir qo‘llab ilib olish; — otish va maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish; — koptokni devorga urish va maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish; — koptokni bir-biriga tashlash hamda uni bir va ikki qo‘llab ilib olish; 154 —xuddi shuning o‘zi, lekin koptokni maydonchaga tegib qaytgandan keyin ilib olish; —koptokni stolga tegib qaytgandan keyin bir-biriga oshirish. Yuqoridagi mashqlar ayniqsa keyingi o‘yinga yaqinlashtirilgan mashq o‘rganilganidan keyin yoki ular bilan parallel ravishda raketka bilan mashq qilina boshlanadi: — raketka ushlashni o‘rganish; — raketka bilan koptokni urgandek taqlid qilish; —rollarni oldinga, yon tomonga harakatlantirib, koptokni raketkadan tushurib yubormay, uni raketkada olib yurish. Dastlab turgan joyda, keyin harakat paytida koptokni raketka bilan urish: — koptokni raketka bilan yuqori otish va ilib olish; —stolga tegib qaytgan koptokni raketka bilan urib qaytarish; — devorga va polga tegib qaytgan koptokni raketka bilan urib qaytarish; — koptokni o‘yinga kiritishni o‘rganish; —sherigi qo‘li bilan stolga tashlagan koptokni urib qaytarish; — koptokni shunday qaytarish kerakki u yana tegsin; — juft bo‘lib setkasi yo‘q stolda o‘ynash; — juft bo‘lib setka tortilgan stolda o‘ynash. Bolalar o‘yinni raketka bilan doimo mashq qilish natijasidagina o‘zlashtirib olishlari mumkin. Mashqlar vaqtida bolalar guruhlarga bo‘linadilar; ayrimlari stolda o‘ynaydilar, boshqalar harakatlarni juft-juft bo‘lib bajaradilar yoki individual shug‘ullanadilar, keyin esa o‘rin almashadilar. Hamma mashqlarni ham chap, ham o‘ng qo‘l bilan bajarish zarur. O‘yin vaqtida bolalar birnecha marta ketma-ket koptokni o‘yinga kiritadilar (5). Agar xatoga yo‘l qo‘ysa (koptok qabul qi- linmasa stolga tushmasa), boshqa o‘yinchiga ochko beriladi. Oilada harakatli o‘yinlarni o‘tkazish. O‘yin bolalarni eng sevimli faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar tevarak- atrof bilan tanishadilar, bilim oladilar, mehnatga 155 o‘rganadilar. Qoidali harakatli o‘yinlar orqali bolalar hayotiy harakatlarni egallab olishadi (yugurish, yurish, sakrash va h.k.) harakatlarni rivojlantirib berishadi va takomillashtirishadi. Oila sharoitida, tarbiyachi bolalarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishini hisobga olgan holda, ularni qoidali harakatli o‘yinlar orqali turli harakatlarni egallashga qaratilgan o‘yinlarni o‘tkazib boradi. Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli milliy o‘yinlar, (Oq terakmi, ko‘k terak, oq quyonim alomat, chitti gulim ) olti; yetti yoshli bolalar bilan sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlar. Masalan; basketbol, stol tennisi, badminton o‘yinlarini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yinlar orqali bolalar tez harakat qiladi, volan, raketka bilan bemalol foydalanishga o‘rganishadi. Yüklə 183,4 Kb. Dostları ilə paylaş: |