O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish



Yüklə 183,4 Kb.
səhifə26/40
tarix25.11.2022
ölçüsü183,4 Kb.
#70514
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
60 lik

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Tezkor so’rov, savol javob, aqliy xujum, pinbord, ”O’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Аsosiy xolatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi (-ilova).
Yangi o’quv materialini mustaxkamlash:
8. Mustaxkamlash uchun savollar beradi (-ilova). Jarayon kichik guruxlarda davom etishini maʼlum kiladi;
9. Kichik guruxlarga bo’ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (- ilova) xar bir guruxga topshiriq beradi (-ilova) va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (-ilova). Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi (- ilova);
10. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini anqilash maqsadida aloqa o’tkazadi.Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.



Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruxlarga bo’linadilar. Kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi. Xar bir gurux sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi, Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Gurux ish natijalarini o’zaro baxolaydilar.Maʼlumotlarni daftarga qayd qiladilar.

7-Mavzu(nomi): Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini tashkil etish Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlash tirish mavsumini tashkil etish. Tarbiyalanuvchilarni salomatligini mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi uchun tahminiy kun tartibini guruhlar bo‘yicha tahlil qilish


Harakatli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi tartibiga muvofiq: ertalab, tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi o‘yinlarni kalendar-reja bo‘yicha taqsimlashda harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuv va variativlilikni ko‘zda tutadi. Tashqi muhit sharoitini hisobga olish o‘yinda qatnashuvchi bolalar soni, ularga zarur mo‘ljal olish va aniq vaziyatda o‘zini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir. Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish uchun hamisha ham barcha bolalarni, butun guruhni birlashtiraverish shart emas. Tarbiyachi o‘yinlarni kichik-kichik guruhlar bilan ham o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda tarbiyachi bir o‘yinning o‘zini bir kunda hamma bolalar ishtirok etishi uchun birnecha martadan tashkil qiladi. Bolalar o‘yin faoliyatining barcha imkoniyatlaridan kun davomida foydalanish uchun belgilangan tartibga qat’iy amal qilish zarur, chunki harakatli o‘yinlar o‘tkazish vaqti va ular davomiyligi bolalarning oldingi va bo‘lg‘usi faoliyati bilan uzviy aloqadordir. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar faoliyati xarakterini kuzatib borib ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi o‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularni harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini biroz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi. Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazishning kalendarre- jasini tuzishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli o‘yinlar sovuq havoda o‘rtacha harakat xarakteri- dagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati xarakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi va sovqotishning ham, issiqlab 231 ketishning ham oldini oladi, psixikasining ijobiy emotsional holatini saqlab turadi. Bolalarning qish faslidagi ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlariga yordam beradi, organizmning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir qiladi. Yozda, bolalar vaqtlarini asosan ochiq havoda o‘tkazganlari uchun ularning kiyim-boshlari ham yengillashtiriladi (trusiklar, panamkalar va yengil tuflilar), xilma-xil harakatlar bolalar sog‘- lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi. Toza sof havoda va quyoshdagi harakatlar bola organizmini mustahkamlaydi, funksional jarayonlar dinamikasini kuchaytiradi. Yilning bu faslida ham xilma-xil harakatli o‘yinlardan foydalaniladi, biroq tarbiyachi bolalar issiqlab, qizib ketmasliklarini diqqat bilan kuzatib boradi. Sport mashqlarining dasturiga kiradigan barcha turlari (konki uchish, velosiped haydash va hokazolar) ni tashkil etish va o‘tkazish tarbiyachidan alohida diqqat-e’tibor talab qiladi. Mazkur harakatlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni mashg‘ulot soatlarida egallash ko‘zda tutilmagan, bunday tadbirlar asosan sayr vaqtida amalga oshiriladi. Tarbiyachining eng muhim vazifasi shundan iboratki, u sport o‘yinlari bo‘yicha dasturda ko‘zda tutilgan barcha materiallarning o‘tilishini ta’minlashi kerak. U mazkur o‘yinlarni shunday me’yorda o‘tkazishi kerakki, toki bolalar o‘zlariga tavsiya etilgan mashq turlarini egallab olsinlar. Barcha yosh guruhlarining uchastkalari sport jihozlari bilan jihozlangan bo‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy to‘siqlar osha tez yugurish va hokazolarni takomillashtirishi uchun muntazam foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Maydonchaga har kuni o‘yinchoqlar (zambilg‘altak, aravachalar, aylanmachoq, varrak va hokazolar) va kichikroq sport invenrarlari (tayoqchalar, chambaraklar, bayroqchalar, to‘plar, to‘p tashlaydigan halqalar, qisqa va uzun arg‘amchilar va hokazolar) olib chiqiladi. Ikki, 232 uch g‘ildirakli velosipedlar, samakatlar, avtomobillar, toychalar va hokazolar bolalar ixtiyoriga beriladi. Katta va ayniqsa, tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu o‘yinlarning barchasi bolalarni aniq harakat faoliyatiga jalb etadi, ko‘nikmalarni takomillashtiradi va jismoniy sifatlarini tarbiyalaydi.

Yüklə 183,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin