O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish



Yüklə 183,4 Kb.
səhifə8/40
tarix25.11.2022
ölçüsü183,4 Kb.
#70514
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
60 lik

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Tezkor so’rov, savol javob, aqliy xujum, pinbord, ”O’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi. Аsosiy xolatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi (-ilova).
Yangi o’quv materialini mustaxkamlash:
8. Mustaxkamlash uchun savollar beradi (-ilova). Jarayon kichik guruxlarda davom etishini maʼlum kiladi;

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruxlarga bo’linadilar. Kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi. Xar bir gurux sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi, Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Gurux ish natijalarini o’zaro baxolaydilar.Maʼlumotlarni daftarga qayd qiladilar.

Fan o’qituvchisi: _____________ ________________________


1-Mavzu (nomi): MTTda jismoniy mashqlarni asosiy turlarini o‘tkazish. Saflanish va qayta saflanish mashqlari, asosiy harakat mashqlari va umumrivojlantiruvchi mashqlarni turlarini bajarish.
MTTda jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashqlar

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi. 7 Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladi.



Yüklə 183,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin