ta’lim muassasasining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
mazkur qoidalarni barcha ta’lim muassasalarida har oyning birinchi haftasi juma kunlarida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat soat”larda keng tushuntirib borish; yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish.
o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;
farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;
farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;
farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;
ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan otaonalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.