Sinov-nazorat savollari
“Standartlashtirish to‘g‘risida” gi qonunga ko‘ra standartlashtirish maqsadlari nimadan iborat?
Standartlashtirishning asosiy prinsiplarini sanab bering.
Standartlashtirishning mahsulot ishlab chiqarishdagi roli nimadan iborat?
Foydalaniladigan manba va adabiyotlar
1.Abduvaliev A.A., Alimov M.N., Boyko S.R., Miragzamov M.M., Sabirov M.Z. Osnovы standartizatsii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom. Tashkent «Fan va texnologiya», 2005, -540s.
Ismatullaev P.R., A.A. A’zamov, A.N. Maqsudov, A.X. Abdullaev, B.M.Axmedov. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “O‘zbekiston”. Toshkent, 2001, -360b.
Djumaboev A.B. Standartlashtirish. Ma’ruzalar matni. Toshkent, TDTU, 2007 -110b.
Azimov A.K. Standartizatsiya. Uchebnoe posobie. Tashkent, 2004, -111s.
2-seminar mashg‘uloti. Ta’lim sohasida standartlashtirish.
Kirish. II. Asosiy qism. 1. Standartlashtirishning me’yoriy elementlari. Standartlashtirish turlari. 2. O‘MKXT davlat ta’lim standartlarining funksiyalari. 3. O‘MXT DTS maqsadi. Funksiyalari vazifalari ta’moyillari. 4. O‘MKXT DTSga ishlab chiqish va amallar qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish: Standart, standartlashtirish me`yorlari tushunchalari DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunini o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o’rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o’quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yicha beriladigan talim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? – Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; - ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; - sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - ta’lim jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; - mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari: - ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash; - ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bog’liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; - o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; - milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 7-moddasida davlat ta’lim standartlari yoritilgan: Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Standartlashtirishning me`yoriy elementlari. Standartlashtirish turlari Davlat ta’lim standarti (DTS) – 1) bu davlatning ta’lim darajasiga qo’ygan meyori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo’lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; 2) ta’limning zarur, yetarli darajasi va o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir. Standart qanday ma’noni anglatadi? – muayyan hodisaning etaloni, namunasi, modeli, meyorlari, qoidalari, talablarini belgilovchi meyoriy hujjat. Ta’limni standartlashtirishning obektlari quyidagilar: - ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o’quv yuklamasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati; - talablar, meyorlar, qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vostalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar, kategoriyalar; - ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qo’yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va ilmiy-pedagog xodimlar sifatini baholash Ta’limning umumiy shrta ta’lim, shrta maxsus, kasb-=unar ta’lim, oliy ta’lim uchun DTS belgilanadi. Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. Klassifikator – bu oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lm yo’nalishlari va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ruyxati. U 8 ta bilim sohasidan iborat (ta’lim, gumanitar fanlar va san’at, ijtimoiy fanlar, biznes va huquq, fan, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlar, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, xizmatlar). Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori O’zbeikston Respublikasida texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo’yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va vazirlar mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida”gi 1998 yil 5 yanvar 5- son qarori asosida tayyorlangan. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti Davlat ta’lim standartlari ta’lim tizimining eng zarur va yetarli darajasi hamda o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining zaruriy o’zagi hisoblanmish ta’lim standarti vositasida mamlakat xududidagi turli o’quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. O’quv yuklamalari meyoriga keltiriladi, ta’lim oluvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Ta’lim oluvchi davlat belgilagan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya’ni kengroq, chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali to’plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki ta’lim oluvchi xush ko’rmaydigan predmetni o’rganishda unga standartda belgilangan meyor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda ta’lim oluvchi o’zining qiziqishi, xohishi, qobiliyatini va intilishlarini ro’yobga chiqarishga, o’zi uchun eng maqbul yo’lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Davlat ta’lim standartlari o’quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talablar ochiq bo’lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi. Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti ishlab chiqiladi. O’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi tarmoqli standarti – malaka talablariga mos holda kasbiy tavsifnoma asosida muayyan tayyorlov yo’nalishi va kasb-hunar bo’yicha ta’lim mazmunining zarur va yetarli hajmi va so’nggi maqsadlarini, o’quv yuklamalari hajmini aniqlovchi hamda ta’lim sifatining standart talablariga muvofiqligini ta’minlovchi meyoriy hujjatdir. Kasb-hunar ta’limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan kasbi bo’yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi ma’lum kasbga doir umumkasbiy va maxsus fanlarni hamda ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini o’z ichiga oladi. Kasb-hunar ta’limi dasturini muvaffaqiyatli egallash kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbi va ixtisosligi bo’yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlaydi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirishning maqsadi va vazifalari – o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash, sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini, ta’lim faoliyatini baholash mezonlari va tartibini belgilashdan iboratdir. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, xalqning boy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishdan iborat bo’ladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, o’quv-tarbiya jarayonini, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; kadrlarning maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan, ishchi dastur esa ta’lim muassasining o’quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fanning ishchi o’quv dasturi namunaviy dastur asosida ishlab chiqiladi. O’quv fani dasturi ham huddi o’quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo’lib, unda muayyan o’quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o’quv yili davomida ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi. O’quv fani dasturi – ta’lim mazmuni, uning ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat. O’quv fani dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb hunar yoki Oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to’la ravishda bajarilishi majburiydir. Dastur tushuntirish xati, bo’lim va mavzular bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Uzluksiz ta’limni standartlashtirish asoslari «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» qabul qilingandan keyin uni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchilar qatorida qabul qilgan qarori 1998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» gi 5 sonli qaroridir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7- moddasiga, Kadrlar tayѐrlash milliy dasturiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi. DTS kadrlar tayѐrlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarni; ta’lim oluvchilar tayѐrgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini; o‘quv yuklamasining zarur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayѐrlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi. DTS ta’lim jaraѐnini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’ѐriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilaѐtgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayѐrlanishini ta’minlash: - mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiѐti istiqbollaridan, jamiyat ehtiѐjlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayѐrlash mazmunini tartibga solish; - ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jaraѐni samaradorligini oshirish; - sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayѐrlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish; - kadrlar tayѐrlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - ta’lim jaraѐni va kadrlar tayѐrlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jaraѐnini maqbullashtirish; - mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash; Davlat ta’lim standartlarining vazifalari: - ta’lim sifatiga va kadrlar tayѐrlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; - ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’ѐriy bazani yaratish; - xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayѐrlashda izchillikni ta’minlash; - o‘quv-tarbiya va ta’lim jaraѐniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’ѐrlar va talablarni belgilash; - ta’lim va kadrlar tayѐrlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayѐrlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; - milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayѐrlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; Ta’limning standartlashtiriladigan turlari. DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi: - Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim; - O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari); - oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura). Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayѐrlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi. Ta’limning standartlashtirish ob’ektlari. Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi:
Uni krizisni engib o‘tishning asosiy vositasi sifatida hisoblaydilar. Jamiyatda sodir bo‘laѐtgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimiga xususan o‘rta maxsus kasb hunar ta’limiga boshqacha ѐndashishni talab qiladi. SHunday ekan o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayѐrlab bo‘lmaydi. Kadrlar tayѐrlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarning tayѐrgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma’naviy – ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. Xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta’limi ekvivalentligini hamda o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlaydi, ikkinchidan ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (kat’iy) talablarni belgilab qo‘yish natijasida kadrlar tayѐrlash sifatini oshiradi hamda ta’lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400 –sonli «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini tasdiqlash» to‘g‘risida»gi qaroriga asosan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tasdiqlandi. Tarmoq standartlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich yangidan tashkil etilaѐtgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ularni aprobatsiya qilish tugagandan so‘ng tasdiqlanadi. 1-rasmda O‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi davlat standartlari tizimi keltirilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKHT) davlat ta’lim standarti «Asosiy qoidalari» O‘MKHT tayѐrlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi O‘MKHT davlat standarti «Umumta’lim fanlari» “Ta’lim tshg‘risida” gi va “Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonunlar O‘MKHT tarmoq Davlat ta’lim standartlari Akademik litseylar tayѐrlov yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq ta’lim standarti Kasb-hunar kollejlari tayѐrlov yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq ta’lim standarti Aniq fanlar Tabiiy fanlar Ijtimoiy-gumanitar fanlar Xorijiy tillar Madaniyat va san’at 1 2 ........ n 1-rasm. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tizimi O‘MKHT ni standartlashtirishning mamqsad va vazifalari tamoyillari va nazorat turlari yuqoridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan O‘MKHT DTS «Asosiy qoidalar», standartida belgilab berilgan. O‘MKHT standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: - O‘MKHT ning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilaѐtgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayѐrlanishini ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiѐti istiqbollaridan, jamiyat ehtiѐjlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayѐrlash mazmunini tartibga solish; - O‘MKHT ning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jaraѐni samaradorligini oshirish; - sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayѐrlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayѐrlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - O‘MKHT jaraѐnini va kadrlar tayѐrlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; - mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining vazifalari:; O‘MKHTo‘quv-tarbiyavata’limjaraѐniga, O‘MKHT ni standartlashtirish tamoyillari: ta’limning uzluksizligi va uzviyligi; mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi; matnlar baѐnining aniqligini va yagona qiymatliligini fan va texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga respublikadagi va chet ellardagi ilg‘or tajribalarga mos kelishi; O‘MKHT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish O‘MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi: Ichki nazorat - O‘MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi; o‘qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida» gi Nizom asosida reytingnazorat shaklida o‘tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o‘tkazilishini ko‘zda tutadi: joriy nazorat – og‘zaki so‘rov, kollokviumlar, seminarlar, ѐzma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni o‘qituvchi o‘z amaliѐtida qo‘llaydigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi. oraliq nazorat – fanning ma’lum bir qismi, bo‘limi yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. yakuniy nazorat – semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. YAkuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. tashqi nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test Markazi tarkibidagi Kadrlar tayѐrlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan tayѐrlangan «Ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom» va amaldagi me’ѐriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi; Davlat-jamoat nazorati – ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda jamoat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi; YAkuniy davlat attestatsiyasi – davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni himoya qilish bilan yakunlanadi. O‘MKHT tayѐrlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tarmoq standartlarini ishlab chiqish Kasb-hunar ta’limi standartlari tuzilishi va mazmuni uning xusisiyatidan ya’ni, jamiyatdagi siѐsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va shaxs talablarining chambarchas bog‘liqligidan kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standarti ta’limiy, ijtimoiy, iqtisodiy siѐsatning integratsiyasi va mehnat bozori siѐsatiga borib taqaladi. Standartlarni ishlab chiqishda hunar madaniyati sohasida yuz yillar mobaynida yig‘ilib kelaѐtgan eng yaxshi milliy an’analar saqlanib qoladi va ular shogirdlik shaklida o‘tib kelaѐtganligi hamda turli turdagi tayѐrlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab mamlakatlarda kasb-hunar ta’limini standartlashtirish jamiyatning rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy omillardan biri ekanligi tan olingan. SHunday ekan, milliy standartlar dunѐviy tajribalarga tayangan holda, milliy an’analarni hisobga olib, ishlab chiqilmog‘i lozim. «Standartlashtirish» tushunchasi universal bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: Standartlashtirish – Mavjud ѐki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat. SHuni ta’kidlash joizki, standartlashtirish bu faoliyatning yangi turi emas, balki dunѐ singari qadimiydir. Bu tushunchani to‘g‘ri ma’noda tushunish lozim, modomiki tabiatning o‘zi misli ko‘rilmagan standartlashtirish namunalarini ato etadi. Masalan, standartlashtirish nuqtai-nazaridan qaraganda, kislorodning atomi ѐki suv molekulasidan ko‘ra mukammalroq narsa yo‘qdir. Tartibga solishning maqbul darajasi deganda murosaga keltiruvchi echimni topishga yo‘naltirilgan me’ѐrlar, qoidalar, talablarni barcha qiziqqan tomonlar bilan kelishilgan holda maqsadga muvofiqligini va uni qabul qilishning imkoniyati borligi tushuniladi. STANDART –konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga ѐki ularning natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar ѐki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat. Kasb-hunar ta’limi standarti – me’ѐriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayѐrlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayѐrgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi. Kasb-hunar ta’limi standarti o‘zining aniq yakuniy maqsadiga ega: kishilarning ma’lum bir kasbiy faoliyat sohasida o‘z bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarini qo‘llashga tayѐrliklarini shakllantirish. Kasbhunar ta’limi standartini ishlab chiqishning metodologiyasi zaminida ma’lum bir kasbdagi mutaxassislarni tayѐrlashning yakuniy masalalar majmuasini shakllantirish faoliyatiga tizimli ѐndashuv qo‘yilgan. SHu munosabat bilan kasb-hunar ta’limi muayyan kasb mutaxassisining majmuaviy yakuniy maqsadi - uning faoliyatini yaxlit tizim sifatida tasavvur qilib, standart darajasida o‘rnatiladigan talablarni o‘zlashtirish zarurligidan kelib chiqishi lozim. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini murakkab tashkil etilgan ta’lim tizimining yaxlit bir «tizimcha» si deb qaralib, malakaoshirish va kadrlarni qayta tayѐrlash tizimchalari bilan bog‘langan bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |