xususiyatlari haqida batafsil m a’lum ot berish, ularga nazariy
m a’lum ot berish asosiy maqsad qilib olingan. Avvalo, adabiy tur
haqida.
Adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi,
tasvir predmeti,
ob’ekt va su b ’ekt m unosabati kabi jihatlari bilan umumiyJik kasb
etuvchi yirik guruhga
adabiy tur
deyiladi. Biz an ’anaviy ravishda
badiiy asarlarni uchta katta guruhga:
epik, lirik
va
dram atik
turlarga
ajratamiz. A dabiy asarlarni turlarga
ajratish m asalasi qadimdan
diqqat m arkazida b o ‘lgan. Antik davr yunon faylasufi Aflotun
o ‘zining “D avlat” asarida shoir o ‘z tilidan (lirika), o ‘zgalarning
gaplarini m uloqot sifatida tasvirlab (dram a) yoki bu ikkisini
qorishiq (epos) qo‘llagan holda taqlid qilishi mumkinligini aytadi.
San’atni tabiatga “taqlid qilish” deb bilgan Arastu esa tabiatga uch
xil yo'sinda:
l ) o ‘zidan tashqaridagi narsa to ‘g ‘risida
hikoya
qilayotgandek (epos); 2)taqlidchi o ‘z holicha qolgan, qiyofasini
o ‘zgartirm agan holda (lirika); 3)tasvirlanayotgan kishilarni faol
harakatda taqdim etgan holda (dram a)
taqlid qilish mumkin deb
bilgan.
Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bu lirik tur
b o‘lib, unda voqelik lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi,
uning uchun badiiy nutq ob’ekti emas, sub’ekti birlamchidir.
Lirikada k o ‘proq tuyg‘ular, kechinm alar tasvirlanadi. Lirik turga
kiruvchi asarlar kichik hajmli boMishiga qaramay, turm ushni badiiy,
obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega.
Lirik
turning quyidagi janrlari mumtoz adabiyotda eng k o ‘p q o ‘llanadi:
g ‘azal, m urabba’, qasida, muxammas, musaddas, musamman,
tarji’band,
tarkibband, m usabba’, m utassa’, m uashshar, fard,
masnaviy,
ruboiy,
qit’a,
tuyuq,
Iug‘z,
chiston,
muammo,
m uvashshah, ta ’rix.
Talabalam ing lirik tur haqida qanchalik bilim ga ega ekanliklari
savol-javob orqali aniqlanadi. Tezkor savollar yordam ida lirik tur va
uning janrlari, asosiy va o ‘ziga xos xususiyatlari o ‘rganiladi.
So‘ng, m umtoz she’riyatda eng k o ‘p q o ‘llanadigan janrlar
toptiriladi, ularning o ‘ziga xos xususiyatlari
m isollar yordam ida
aniqlanadi.
A lisher
Navoiy,
Lutfiy,
A.Jomiy,
Zahiriddin
M uhammad B obur va boshqa ijodkorlardan m isollar toptiriladi.