Obidjon karimov


 - MAVZU: G ‘AZAL JANRI H AQIDA



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/48
tarix29.07.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

2 - MAVZU: G ‘AZAL JANRI H AQIDA
M ashg‘ulotning maqsadi:
a) «G'azal» atamasini ilmiy asosda tushuntirish;
b) g ‘azalga xos shakiiy xususiyatlar (qofiya, hajm, matla', 
maqta'...)ni misollar asosida izohlashga o ‘rganish;
s) g ‘azal bo‘yicha tadqiqot ishiari olib borgan olimlar, ijodkorlar 
va ularning fikrlarini o ‘rganish;
d) 
talabalarga ifodali o ‘qishni o ‘rgatish jarayonida estetik tarbiya 
berish, mustaqil diyorimizga muhabbat, vatanparvarlik g ‘oyalarini 
singdirish va sof insoniylik xislatlarini shakllantirish.
Darsning jihozi:
1) 
darslik;
2) 
shoir to ‘plamlari (Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy,...);
3) 
ko‘rsatmali qurollar;
4) 
magnitofon va boshqalar.
Reja:
1.G‘azal haqida qisqacha m a’lumot.
2.G ‘azalning shakiiy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla', maqta’.
3 .G ‘azal kompozitsiyasi: parokanda va yakpora g ‘azallar.
4 .G ‘azal va uning, turlari: oddiy g ‘azallar; g ‘azali husni matla', 
g ‘azali 
qita', 
g ‘azali 
musajja’, 
g‘azali 
mulamma', 
g‘azali 
muvashshah, g ‘azali mushoira, g ‘azali zulqofiyatayn; g‘azali 
zebqofiya.
5 .G ‘azalning 
g ‘oyaviy-mavzu 
jihatdan 
turlari: 
oshiqona 
g ‘azallar, orifona g ‘azallar, rindona g ‘azallar, hajviy (satirik va 
yum oristik) g ‘azallar, axloqiy-ta'limiy g ‘azallar, peyzaj tasvirlangan 
g ‘azallar, publitsistik g ‘azallar.
6.Xulosa.
Tayanch so‘z va iboralar.
G'azal, orifona g'azal, rindona g'azal, qofiya, g'azali q it’a,
zulqofiyatayn
G ‘azal arabcha so‘z bo ‘lib, ayollarga xushomad qilmoq, 
oshiqona munosabatda b o ‘lmoq degan ma’noni bildiradi. «Bilki,


g'azal Iug‘atda ayollarga do ‘st bo ‘lishga intilish dem akdir», - deb 
yozadi XIX asrda yashagan hindistonlik olim Qobul M uhammad 
«H aftqulzum » nomli asarida.
G ‘azal lirik turning Sharq adabiyotida eng k o ‘p tarqalgan va 
eng m ashhur janri b o ‘lib, o ‘ziga xos qofiyalanish, taxallus q o ‘llash, 
hajm, kom pozitsiya va g ‘oyaviy-tem atik xususiyatlarga ega.
O datda g ‘azalning dastlabki ikki misrasi o ‘zaro qofiyalanib, 
qofiyalangan bayt matla' yoki mabda' deyiladi. Undan keyingi 
baytlam ing toq m isralari ochiq qolib, ju ft m isralar matla' bilan 
qofiyadosh b o ‘ladi. Oxirgi bayt m aqta’ deb ataladi va aksar hollarda 
m aqta'da (ba'zan undan oldingi baytda) shoirning taxallusi keladi. 
M asalan, yetti baytli g ‘azalning qofiyalanish tartibi quyidagicha 
bo'ladi:
a-a, b-a, v-a, g-a, d-a, e-a, j-a .
B a’zan g ‘azallar taxallussiz b o iis h i ham m umkin. Masalan, 
Navoiy devonidagi 27 ta g ‘azalda taxallus uchramaydi.
«G ‘azalning 
chegarasi 
11 
baytdir», 
deb 
yozadi 
Qobul 
M uhammad. Ammo o ‘tm ish va keyingi davrlarda yozilgan g ‘azallar 
k o ‘zdan kcchirilsa, g ‘azallar besh baytdan o ‘n besh baytgacha 
b o ‘lishi k o ‘zga tashlanadi. Lekin shunday bo ‘lishiga qaramay, 
g ‘azallam ing aksariyati 7 va 9 baytli g'azallardir. M asalan, Alisher 
N avoiy «Xazoyin ul-m aoniy» devonidagi 2600 g ‘azaldan 1747 tasi 
7 baytli, 695 tasi 9 baytli g ‘azallardir.
G ‘azal baytlari orasidagi m azm uniy aloqadorlik ham muhim 
m asalalardan 
biridir. 
G ‘azal 
baytlari 
orasidagi 
mazmuniy 
aloqadorlikning m uayyan k o ‘rinishi uning turli kompozitsion 
tiplarini yuzaga keltiradi. Baytlararo m azm uniy aloqadorlik ikki xil 
bo‘lib, g ‘azallar kom pozitsion jihatdan ikki turga b o ‘linadi:
1.Parokanda g ‘azallar.
2.Y akpora g ‘azallar.
Parokanda so‘zi tarqoq, sochilgan degan m a'nolam i bildiradi. 
Parokanda g ‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinm a yoki 
holat tasvirlanmaydi. H ar bir bayt m azm unan m ustaqil b o iib , 
avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilam aydi. Yagona 
kechinm a yoki holat tasvirining y o ‘qligi sababli parokanda 
g ‘azal!ardagi baytlam ing o ‘rni alm ashtirilsa yoki biror bayt tushib
10


qolsa ham, g ‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur 
yetmaydi. Albatta, matla' va maqta' bundan mustasnodir. Chunki 
matla'dagi misralar o ‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta'da shoiming 
taxallusi keladi.
Parokanda g ‘azal 
namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi 
g ‘azalini k o ‘rib chiqaylik:

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin