Obidjon karimov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/48
tarix29.07.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

Jam oling vasfini qildim chamanda,
Qizordi g ul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg ‘ali la ’lingni ко ‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonim din aziz jonona sensan,
Kerakmas jo n mango sensiz badanda.
M anga ul dunyada ja n n a t na hojat,
Eshiking tuprag ‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya'qubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ко ‘ngulni,
Oyog ‘ing qanda bo ‘Isa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg'a banda.
G ‘azal m uhabbat mavzuida bo ‘lib, oshiqning ma'shuqaga 
nisbatan otashin sevgisi tasviri g ‘azal mazmunini tashkil qiladi. 
Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, 
ya'ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar 
mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:
1-bayt: sening jam oling guldan go‘zal.
2-bayt: la'I lablaringni ko'nglim orzu qiladi.
3-bayt; sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.
5-bayt: meni tashlab ketma.
6-bayt: boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: men sarvi qadding bandasiman.
K o‘rinadiki, har bir baytda g ‘azalning asosiy mavzusi bo ‘lgan 
muhabbat bilan bog‘liq masalalaming ma’lum bir tomoni ochiladi, 
hatto 
bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirilganday
и


tuyuladi. Shunday holni boshqa o'zb ek shoirlarining ko‘pgina 
g ‘azallarida ham k o ‘rish m umkin.
G ‘azalning kom pozitsion jihatdan 
ikkinchi turi yakpora 
g ‘azallardir. Yakpora so‘zi butun, yaxlit degan ma'nolami bildiradi. 
Y akpora g ‘azallarda baytlararo m unosabat parokanda g ‘azallam ing 
aksi b o ‘lib, m atla'da biror kechinm a yoki holat qalamga olinadi-da, 
keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq 
m asalalar izchil tasvirlanadi. Y akpora g ‘azallardagi har bir bayt 
o ‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi b o iib , g ‘azaldan biror 
baytni olib tashlash ham, baytlam ing o ‘mini almashtirish ham 
mumkin emas. Agar shunday hoi sodir bo ‘lsa, baytlarni m antiqiy 
jihatdan b o g ‘lab turgan ip uzilib, g ‘azal mazmunida g ‘alizlik yuzaga 
keladi.
A lisher Navoiyning quyidagi g ‘azalini k o ‘rib chiqaylik:
Yordin ayru ко ‘ngul m ulkedurur sultoni yo ‘q,
M ulkkim sultoni y o ‘q, jism edururkim , jo n i yo ‘q.
Jism din jo n siz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog ‘dekdurkim, gulu rayhoni yo ‘q.
B ir qaro tufrog ‘kim, y o 'qdur gulu rayhon anga,
Ul qorong ‘u kechadekdurkim

m ahi toboni yo ‘q.
Ul qorong ‘u kechakim, y o ‘qdur m ahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashm ai hayvoni yo ‘q.
Zulmatekim, chashmai hayvoni oning bo ‘Imag ‘ay,
D o 'zaxedurkim, yo n ida ravzai rizv o n iyo ‘q.
D o 'zaxiykim, ravzai rizvondin ulg ‘ay noumid,
B ir xumoriydurkim, anda m astlig
‘ 
imkoni yo ‘q.
E y Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
H ajrdin dardi va lekin vaslidin darm oni y o ‘q.
Ushbu g ‘azal baytlari orasidagi aloqani kuzatsak, quyidagi holat 
k o ‘zga tashlanadi:
1-bayt: a) Yorsiz ko‘ngil - sultonsiz mulk;
b) sultonsiz mulk - jonsiz j ism;
2-bayt: jon siz jism - rayhonsiz tuproq;
3-bayt: rayhonsiz tuproq - oysiz kecha;
4-bayt: oysiz kecha obi hayot chashmasi boMmagan zulmat;
12


5-bayt; obi hayot chashmasi bo‘lmagan zulmat - jannat bog‘idan 
uzoq turgan, do ‘zaxiy;
6-bayt: 
jannat
bog‘idan umidsiz do‘zaxiy - maysiz xumoriy;
7-bayt: lirik xotima: Navoiyning hajrdan dardi bor-u, lekin 
vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azalning markaziy masalasi «yordan ayru ko‘ngul»ni 
tasvirlash. Shoir dastlab «yordan ayru ko‘ngul»ni sultonsiz mulkka 
o'xshatadi. So‘ngra esa sultonsiz mulk jonsiz jismga, o ‘z navbatida 
jonsiz jism rayhonsiz qora tuproqqa, rayhonsiz qora tuproq oysiz 
tunga, oysiz qora tun obi hayot bo ‘lmagan zulmatga, obi hayot 
bo‘lmagan zulmat jannat bog‘idan yiroq do ‘zaxiyga, jannat 
bog‘idan yiroq do‘zaxiy maysiz xumoriyga o ‘xshatilib, maqta'da 
lirik xotima qilingan: oshiq (Navoiy) ning hajrdan dardi bor-u, lekin 
vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish 
hosil qilgan. Bordiyu g ‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki 
baytlaming о ‘mi almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari 
singari uzilib ketadi.
0 ‘zbek adabiyotida yakpora g ‘azallar Lutfiy ijodida shakllana 
boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir 
an'anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, 
Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.
G ‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar 
bor: shoir mantiqiy izchillikni ta'minlash uchun bir o ‘rinda biror 
tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil 
tasvirlasa, bir o ‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan 
foydalanadi, boshqa o ‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi. 
Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida tadrij san'ati, 
«Jong‘a chun dermen: «Ne erdi oMmagim kayfiyati?» deb 
boshlanuvchi g‘azalida savol-javob usuli, «Har qachonkim kemaga 
ul oy safar raxtin solur» deb boshlanuvchi g ‘azalida esa daryo bilan 
bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy 
vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Ayrim yakpora g ‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va 
kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham 
tasvirlanadi. Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli
13


o ‘Jaroq m ukam mal syujet boMadi. Yakpora g ‘azallar syujetli- 
syujetsizligiga k o 'ra ham ikkiga bo'linadi:
1 .M usalsal g ‘azallar.
2. Voqeaband g'azallar.
M usalsal so ‘zi zanjirsimon degan ma'noni bildiradi. Istilohning 
m a'nosidan ham k o ‘rinib turibdiki, musalsal g‘azallar deganda 
baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog‘langan, am m o 
syujetga ega b o ‘lmagan g ‘azallar nazarda tutiladi. Y uqorida tilga 
olingan N avoiyning liar uch g ‘azali ham musalsal g ‘azalning yetuk 
nam unalaridir.
V oqeaband 
g ‘azallarda 
lirik 
qahramonning 
kayfiyat 
va 
kechinm alari shu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan 
m uayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o ‘ziga xos tugun, 
voqea rivoji va yechim m avjud b o ‘ladi. Alisher N avoiyning 
quyidagi g ‘azalida bu holat k o ‘zga aniq tashlanadi:

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin