Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal
bir syujet mavjud. Chunonchi:
I. Tugun: berahm ma'shuqaning may ichmasligi tufayli
oshiqning qadah-qadah xunob yutishi.
II. Voqea rivoji: oshiqning yorga may tutishga jur'at qilolmay,
ichi qonga to ‘lib, ko‘zyoshi to ‘kishi
va oshiq ahvolini anglagan
m a’shuqaning qadahdagi mayni ichib, so ‘ngra oshiqqa ham tutishi.
III. Yechim; ma'shuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning
masti xarob b o ‘lib qolishi.
Voqeaband g‘azallaming o ‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va
inkishofi Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. Ulug‘ shoirning
«Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob ay lab», « 0 ‘tgan
kecha men erdimu ul siymtan erdi», «Dayr kuyida bugun asru alolo
erdi» deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallaming
noyob
namunalaridir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o ‘zbek
shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o ‘z hissalarini qo ‘shdilar.
Lekin voqeaband g ‘azal yozish g ‘oyat murakkab bo‘lib, shoirdan
juda katta mahorat talab qiladi. - Shuning uchun ham voqeaband
g ‘azallaming soni Navoiy ijodida to ‘rt-besh atrofida bo ‘lsa,
boshqalarda
bir-ikkitadan ortmaydi, ko‘pchilik g‘azalnavis shoirlar
esa umuman voqeaband g‘azallar yozgan emas. G ‘azal janri
g ‘oyaviy-tematik jihatdan ham bir qator o ‘ziga xosliklarga ega.
«G ‘azalda yetakchi masala sevgili jamolining zikri, sevgilining
jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir.
Pand-nasihat she'rning boshqa turlarida zikr etiladi»
- deb yozadi
atoqli olim Qobul Muhammad. Biroq Qobul Muhammadning
so‘zlari unchalik to ‘g ‘ri emas, chunki g ‘azal ishq-muhabbat bilan
birga, falsafiy, axloqiy, may
va boshqa mavzularda ham
yozilavergan. G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang-barang va
mazmunga boydir. Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o ‘zining
«Navoiy
lirikasi»
nomli
tadqiqotida g ‘azallaming quyidagi
g‘oyaviy-tematik guruhlari borligini ko ‘rsatadi:
l.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g ‘azallar.
3.Мау mavzuidagi g ‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
15
5.Falsafiy g ‘azallar.
6.V atanparvarlik mavzuidagi g'azallar.
7.Peyzaj, g ‘azallar.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida g ‘azal haqida maxsus tadqiqoj
yaratgan professor Odiljon N osirovning tasnifi ham m azkur tasnifga
juda yaqin:
l.O shiqona g ‘azallar.
2 .0 rifo n a g-‘azallar.
3.R indona g ‘azallar.
4.H ajviy g ‘azallar.
5.A xloqiy-ta'lim iy g'azallar.
6.Peyzaj g ‘azallar.
7.Publitsistik g ‘azallar.
Dostları ilə paylaş: