Ta'rixi imoratash agar mexohi, Arqom anosirast va sifri aflok. Talmeh qoidasiga ko‘ra, anosir (suv, shamol, olov, tuproq) - 4,
sifr - 0 va aflok (falaklar, klassik sharq astronomiyasiga ko ‘ra) - 9
ga barobar. Ma'Iumki, arab xati o ‘ngdan chapga qarab yoziladi.
Yuqoridagi raqamlarni hozirgi tartibda q o ‘ysak, 904 hosil bo‘ladi.
Demak, bu bino 904- (milodiy 1498-) yilda qurilgan ekan.
Bulardan tashqari, ta'rix moddasi handasiy y o ‘l bilan, abjadning
o ‘zidan, jumladagi nuqtali harflar (mujavhar), nuqtasiz harflar
(muhmal)ni olish yo‘li bilan va boshqa yo‘llar bilan ham topiladi.
Yuqoridagilar shuni ko‘rsatadiki, klassik adabiyotimizdagi ta'rix
poeziyaning murakkab janrlaridan bo ‘lgan. Bu janr, ayniqsa, fors-
tojik adabiyotida keng qo‘llangan. 0 ‘zbek adabiyotida esa XV -
XVI asrlarda rivojlangan va keyingi davr adabiyotida ham alohida
jan r sifatida kamol topgan.
Ta'rix janri hajm jihatidan ham, m isralaming qofiyalanishi
jihatidan ham belgili, qat'iy bir qoidaga ega emas. M axsus ta'rix
janridagi asarlardan tashqari, ta'rix usuli boshqa janrdagi asarlarda
ham qo'llangan. K o‘pincha mualliflar asarlarining yozilgan yilini
ta'rix y o ‘li bilan bayon etganlar. Muhtasham binolarga shu
imoratning qurilgan yili haqidagi ta'rixlarni naqsh qilganlar. Demak,
ta'rix muhim tarixiy voqea va me'morchilik obidalari sanasini
aniqlashda qimmatli manba sifatida ham ahamiyatlidir.
Ta'rix janri o ‘zbek sovet poeziyasida deyarli uchramaydi. Birq
Habibiy «Devon»ida bir necha an’anaviy ta'rixlar uchraydi.
M asalan, Respublikada xizmat ko ‘rsatgan o ‘qituvchi Po‘latjon
Qayum ov vafotiga bag‘ishlab Habibiy shunday ta'rix bitgan:
Boqib xalqimga tarixin, Habibiy, Dedim о ‘chmas «yopib turgan charog 4». 71
Ikkinchi m isradagi «yonib turgan charog‘i»
мй*)
so‘zlarining raqam lar soni 1964-yilni bildiradi.
Yoki Habibiy o ‘z «D evon»ining tuzilgan yil ta'rixini shunday
bayon qilgan: