qirqiladi. Yaylov o'tlari shaharlardan tashqaridagi ko'kalamzor massivlarda joylashib, ko'p xil o'tlardan iborat bo'ladi: ular sun’iy yaratilgan yoki ko'pincha tabiiy o'tzordan iborat bo'ladi. Tabiiy o'tzor yerni bo'shatish, ayrim uchastkalarda maysazor o'tlarini ekish bilan yaxshilab turiladi. Maysazomi o'rish vegetatsiya davri ichida bit-ikki inaila o'tkaziladi. Mavritaniya maysazorlari kam butalovchi boshoqlilami bir yillik gullovchi o'simliklar bilan aralashtirib barpo etiladi. Mavritaniya maysazorlar va tuproqni qoplovchi o'simliklardan tuzilgan maysazorlar o'rilmaydi. M e ’moriy elementlar va inshootlar kompozitsiyasi Ko'kalamzorlashtirishda jonli o'simliklardan tashqari m e’moriy elementlar (kichik me’moriy shakllar) va inshootlardan ham foydalaniladi. U lar quyidagi guruhlarga bo'linadi: • dekorativ me’moriy elementlar — faworalar, haykallar, vazalar, pergolalar va trelajlar; • g'oyaviy-siyosiy mazmundagi me’moriy elementlar — monumental yodgorliklar, bustlar; 174
• madaniy-maishiy va utilitar mazmunidagi elementlar — ko'rgazma pavilonlari, yozgi teatrlar va kinozallar ochiq estradalar, qiroatxonalar, bufetlar, umalar, yozuvli jadvallar, o'rindiqlar; • tinch dam olish uchun — ayvonchalar, tomosha maydonchalari, pavilonlar; • faol dam olish uchun — bolalar maydonchalari, badan tarbiya maydonchalari, raqs maydonlari, attraksionlar. 4 .4 . D araxt va butalarning bosh biologik, ekologik va dekorativ