xususiyatlariga ko‘ra tavsifi Bog'-park kompozitsiyasining asosiy materiali daraxt , yordamchi materiali — butalar, yarim butalar va mavsa o'simliklari hisoblanadi. K o‘kalamzorlashtirishning faqat kichik obyektlarida (uncha katta bo'lmagan xiyobonlarda, hovlidagi bog'larda), shuningdek, maxsus bog'larda, masalan, alpinariylarda, butalar va maysa o'simliklari asosiy material sifatida foydalaniladi. Daraxt o'simliklari go‘zalligi va yangiligi, shakl va bo'yoqlaming xilma-xilligi bilan insonlarning e ’tiborini o'ziga tortadi. Tabiatning bu ajoyib asarlari doimo o'zgarib turadi. O'simliklar organizmlarining rivojiga tashqi muhit juda katta ta’sir ko'rsatadi. O'simliklarning tashqi ko'rinishi, kattaligi va yashash muddati shu tashqi muhitga bog'liq. Tarixiy rivojlanish jarayonida daraxlar turlicha ekologik sharoitlarda yashashga moslashib keldi. Ayrim navlar quruq qumli tuproqlarda muvaffaqiyatli o'smoqda (qarag'ay, qora archa, saksovul va b.), boshqalariga yanada unumdor va 11
am tuproq kerak (archa, terak, tol). O'simliklarning issiqlikka, havo namligiga bo'lgan talablari ham turlichadir. 175
Shaxsiy o ‘sish jarayonida o'simliklar bir qator bosqichlarni bosib o'tadi. Bu bosqichlarda aynan bitta o ‘simlik tepa qismining kattaligi va shakli, o ‘sish tezligi turlichaligi ifodalanadi.