Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
Mamlakatimizda va xorijda o'tkaziladigan tadqiqotlar havoning elektrik holatining muhim gigienik ahamiyatini ko'rsatadi. 0 ‘simliklar ajratadigan organik moddalar havoning ionlanishiga katta ta ’sir ko'rsatadi: inson salomatligi uchun eng qulay bo'lgan manfiy ionlaming konsentrasiyasi ortadi. Iqiimning raydalilik darajasi odatda, organizmning kimyoviy kuchlarini oshirishga qodir bo‘lgan havodagi manfiy ionlarning miqdori bilan belgilanadi. Havoning eng yaxshi ionlanishi odatda, o'rm onda, daraxtlarning shox-shabbalari to'shamasi ostida, shahardagi bog' va parklarda, ayniqsa, aralash bargli (1 sm3 havoda 1283 ta yengil ion) va qarag'ay baigli o'simliklarda (Ism 3 da 1166 yengil ion) kuzatiladi. Atmosferaning ionlar bilan to'yinganligi darajasi o'simlik turlarining faqat dendrologik tarkibinigina emas, balki o'simliklarning yoshiga ham bog'liq. Yosh c'simliklarda yengil ionlar konsentratsiyasi eski o'simliklardagiga qaraganda yuqoridir Havoning ionlanishni oshirish uchun daraxtlar va gulli o'simliklar a^atadigan smolali va hidli o ‘simliklar katta ahamiyatga ega. Gulzorlardagi ionlanish qarag'ay-bargli o'simliklardagiga qaraganda o'rtacha 60 % yuqori. Havoning ionlanishiga oq qayin, oddiy qarag'ay, qayin, sibir tilog'ochi, oddiy nastarin, amerika zarangi, biota, g'arb tuyasi, eman, mayda bargli jo'ka; gullilardan — yorongul (geran), sambitgul eng qulay ta ’sir ko'rsatadi. Manfiy ionlar soni havoning harorati,