Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə6/24
tarix25.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#148131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
1507561806 69168

Personal komp’yuterlar. Oxirgi 30yilda personal komp`yuterlar shiddatli ravishda rivojlandi. Personal komp`yuter (PK) bir ish joyiga xizmat qilishga mo`ljallangan va kichik korxona hamda alohida shaxslar extiyojini qoniqtirish imkoniyatiga ega. Internet paydo bo`lishi bilan PKning dovrug`i yanada oshdi, chunki ulardan ilmiy, axborot, o`quv va ko`ngil ochar ma`lumotlardan foydalanish mumkin. Personal komp`yuterlar shartli ravishda professional va maishiylarga bo`linadi. Biroq yillar davomida o`ta rivojlanish bilan ular orasidagi chegara yo`qolyapti.
1999 yildan boshlab xalqaro sertifikatsiya standartlari RS99 spetsifikatsiyasi kiritilgan:

  • Ommaviy personal komp`yuter(Consumer PC);

  • Ish yuritish personal komp`yuteri(Office PC);

  • Portativ personal komp`yuter(Mobile PC);

  • Ishchi stantsiya (Work Station);

  • Ko`ngilochar personal komp`yuteri (Consumer PC).

Komp`yuter bozorida ommaviy PK asosiy qismni tashkil etadi, ularga extiyoj ko`p. Ish yuritish komp`yuterlarida grafika va musiqaning minimal vositalari bo`lsa, portativ PK masofadan murojaat qilish kommunikatsion vositalari (komp`yuter aloqasi) borligi bilan farqlanadi. Ishchi stantsiyalarda esa ma`lumot saqlashga talab kuchli. Ko`ngilochar komp`yuterlarda esa aktsent(urg`u) grafika va musiqaga qaratilgan bo`ladi.

Mahsus PK konkret masalalarni echish uchun yaratiladi. Misol uchun bort komp`yuterlari kosmik kema, samolyot yoki avtomobillarni boshqarishga xizmat qiladi.
Grafika bilan ishlovchi mahsus mini EHMlar grafik stantsiya deb yuritiladi. Komp`yuterlarni yagona tarmoqqa bog`lovchi maxsus komp`yuterlar fayl server deb ataladi.
Internet orqali ma`lumot uzatishni ta`minlovchi komp`yuterlar tarmoq serveri deyiladi.

  • ilchami bo`yicha klassifikatsiya:

  • Stol varianti(destop);

  • Portativ(notebook);

  • CHo`ntak turi(palmtop).

Eng ko`p tarqalgani stol variantidagi komp`yuterlardir (5-rasm), ularning qulayligi konfiguratsiyasini oson o`zgartirsa bo`ladi.

5-rasm. Stol variantidagi komp`yuter.
Portativ turi aloqa vositasi birligi bilan xarakterlanadi. CHo`ntak modellarni intelektual yozish daftarchasi deb atasa bo`ladi. Ular operativ ma`lumot saqlash va tezda murojaat qilish imkonini beradi. Mosligi (uyg`unligi) bo`yicha klassifikatsiya:
Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan detallardan yig`iladigan komp`yuterlar son sanoqsiz. Muhimi, komp`yuterlarning o`zaro bir-biriga mosligi:

  • Apparat moslik (IBM PC Apple Macintosh platformalari);

  • Operatsion sistema darajasidagi moslik;

  • Programma bo`yicha moslik;

  • Ma`lumotlar darajasidagi moslik.

Personal komp`yuter bozorida IBM PC ideologiyasidan farqli bo`lgan faqatgina bitta firma - Macintosh Apple firmasi raqobat olib boradi. Biroq uning chiqarayotgan mahsuloti umumiy personal komp`yuterlar hisobida 7-8% dan oshmaydi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin