Страница | 138
Sindesmozlar orasida liqqildoqlar,
fontiluli
,
ni sanab o’tish joizdir (ras. 114, 115 To’liqroq
mav. ,,Kalla qutusining topografiyasi”)
Chakka-pastki jag’ bo’g’imi
Chakka-pastki jag’ bo’g’imi,
articulatio
temporomandibularis
(ras. 237 – 239), juft
bo’g’im. Pastki jag’ning
boshchasi,
caput
mandibulae,
va chakka suyagining toshsimon
qismidagi pastki jag’ chuqurchasi,
fossa
mandibularis,
hamda bo’g’im do’mboqchasi,
tuberculum articulare,
orasida hosil bo’ladi.
Pastki jag’ning
boshchasi yostiqchasimon
ko’rinishga eda bo’ladi.
Chakka
suyagining
pastki
jag’
chuqurchasining yuzasi chakka-pastki jag’
bo’g’imiga to’liq kirmaydi. Unda ikkita qism
farqlanadi: toshsimon-tangasimon yoriqdan
orqaroqda joylashuvchi, pastki jag’ning
kapsuladan
tashqaridagi qismi va undan
oldinroqda
joylashgan
–
pastki
jag’
chuqurchasining kapsula ichi qismi.
Chuqurchaning kapsula ichiga kiruvchi bu
yuzasi bo’g’im do’mboqchasining oldingi
qirg’og’igacha davom etadi. Bo’g’im yuzalari
briktiruvchi to’qimali tog’ay bilan qoplangan.
Bo’g’im bo’shlig’ida
ikki tomoni botiq
bo’lgan, ovalsimon shakildagi tog’ay plastinka
– bo’g’im diski, discus articularis, joylashgan
(ras. 238). Disk gorizontal tekislikda yotib,
o’zining yuqorigi yuzasi bilan bo’g’im
do’mboqchasiga, pastki yuzasi esa – pastki
jag’ning boshchasiga tegib turadi. Kapsula o’z
qirg’oqlari bilan bo’g’im kapsulasiga brikib
turadi va shuning uchun bo’g’im bo’shlig’ini
bir-biri bilan a’loqa qilmaydigan ikkita –
yuqorigi va pastki bo’shliqlarga ajiratib
qo’yadi. Har bir qismning bo’shlig’i mos
ravishda
yuqorigi
sinovial
membrana,
membrana synovialis superior,
va pastki
sinovial membrana,
membrana synovialis
inferior,
bilan qoplangandir. Diskning ichki
qirg’og’iga lateral qanotsimon muskul
, m.
pterygoideus lateralis,
tutamining bir qismi
brikadi.
Dostları ilə paylaş: