240. To’sh-o’mrov bo’g’imlari, articulationes sternoclavuculares; oldindan ko’rinishi. (O’ng to’sh-o’mrov bo’g’imi ochilgan, frontal kesim.) tufayli sodir bo’ladi, siljish tomondagi
bo’g’imda (o’ng bo’g’imda pastki jag’ni o’ng
tomonga siljitish va aksincha) pastki jag’
boshchasini bo’g’im diski ostida buralishi
tufayli sodir bo’lsa, qarama- qarshi tomondagi
bo’g’imda boshcha va diskni bo’g’im
do’mboqchasi ustidagi harakati tufayli sodir
bo’ladi.
YUQORIGI TUGASH BO’G’IMLARI Yuqorigi tugash suyaklari, articulationes membri superioris, yuqorigi tugashning kamar
bo’g’imlari,
articulationes cinguli membri superioris, va yuqorigi tugashning erkin
qismidagi bo’g’imlar,
articulationes membri superioris liberi, ga bo’linadi.
YUQORIGI TUGASH KAMARINING BO’G’IMLARI Tuqorigi tugash kamarining suyaklari gavda
bilan faqatgina to’sh-o’mrov bo’g’imi orqali
brikadi.
To’sh-o’mrov bo’g’imi To’sh-o’mrov bo’g’imi, articulatio
sternoclavicularis (ras. 240), to’sh suyagining
o’mrov o’ymasi va o’mrov suyagining to’sh
qismi orasida hosil bo’ladi. Bu oddiy
bo’g’imdir.
Bo’g’im
yuzasi
egarsimon
bo’lib,
briktiruvchi to’qimali tog’ay bilan qoplangan.
Bo’g’im yuzalarini o’zaro mos kelmaydi va bu
kamchilik bo’g’im diski hisobiga to’ldiriladi.
Bo’g’im
kapsulasi
mustaxkam
bo’lib,
suyaklar bo’g’im yuzasining qorg’oqlariga
brikadi. Bo’g’im bo’shlig’i bo’g’im diski
tufayli bir biri bilan aloqa qilmaydigan ikkita
qismga
bo’linadi
–
pastkimedial
va
yuqorilateral. Bazan diskning markazida teshik
bo’ladi,
bu
holatda
bog’imning
ikkala
bo’shliqladi o’zaro aloqada bo’ladi.
To’sh-o’mrov
bo’g’imining
bog’lovchi
apparatlariga quyidagi boylamlar kiradi:
1. Oldingi va orqa to’sh-o’mrov boylamlari,
ligg. sternoclaviculare anterius et posterius, bo’g’im kapsulasining oldingi, yuqorigi va orqa
qismlarida joylashib uni mustahkamlaydi.
2. Qovurg’a-o’mrov boylami,
lig. costo- claviculare, mustahkam boylm bo’lib, I
qovurg’aning yuqori qirrasidan boshlanib
o’mrovga brikadi va uni yuqoriga siljib
ketishini oldini oladi.
3. O’mrovaro boylam,
lig. interclaviculare, to’sh
dastasidagi
bo’yinturuq
o’ymasida
joylashib, ikkala o’mrovning to’sh tomondagi
uchlari orasida tortilgan; o’mrovni pastga
harakatlanishini to’xtatib turadi.
Harakat
hajmiga
ko’ra
to’sh-o’mrov
bo’g’imi sharsimon bo’g’imlar
, articulatio, apheroidea, ya yaqin turadi.