Odam anatomiyasi


 Yelka bo’g’imi, articulatio humeri



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

 
243. Yelka bo’g’imi, articulatio humeri, 
o’ng. (Bo’g’im frontal kesim orqali 
ochilgan.) 
244. Yelka bo’g’imi, articulatio humeri, 
va 
akromion-o’mrov 
bo’g’imi, 
articulatio acromioclavicularis, o’ng. 
(Yelka bo’g’imi ochilgan, yelga suyagi 
olib tashlangan.) 
mm. supraspinatus, infraspinatus et teres 
minor,
medial qismda – kurakosti muskuli, 
m. 
subscapularis, 
ga briakdi. Yelka bo’g’imining 
harakat paytida sanab o’tilgan muskullar 
bo’g’im kapsulasini tortib taranglashtiradi va 
uni suyaklarning bo’g’im yuzalari orasiga 
qisilib qolishidan saqlaydi.
Bo’g’im kapsulasi yelka suyagida, ko’ripik 
singari do’mboqchalararo egatchaning ustidan 
o’tadi va bu yerdan, bo’g’imusti do’mboqchasi 
hamda bo’g’im lablarining qirg’og’idan 
boshlanib, yelka bo’g’imining ichidan o’tib 
do’mboqchalararo egatchaga yo’naluvchi, 
yelka ikki boshli muskul payining uzun 
boshchasi 
o’tadi. 
Yelka 
bo’g’imining 
bo’shlig’ida yelka ikki boshli muskulining payi 
sinovial membrana bilan qoplangan bo’lib, bu 
membrana do’mboqchalararo egatcha bo’ylab 
anatomik bo’yinchadan 2 – 5 sm pastgacha


Страница | 142
yuqoridagi muskul payini o’rab boradi, so’ngra 
ortga qayrilib bo’g’im kapsulasining sinovial 
membranasiga 
kirib 
ketadi. 
Shu 
tariqa 
do’mboqchalararo egatchada, yelkaning ikki 
boshli muskuli payining atrofida ikki qavatli 
do’mboqchalararo 
sinovial 
qin, 
vagina 
synoviales intertubercularis,
hosil bo’ladi. 
Bo’gim bo’shlig’i ko’p hollarda timshuqsimon 
o’siqning ildiz sohasida joylashgan kurakosti 
muskulining tog’ayosti cho’mtakchasi, 
bursa 
subtendinea m.subscapularis,
bilan bog’langan 
bo’ladi.
Bo’g’im kapsulasining ichki yuzasida uchta 
bo’g’im-yelka boylamlari, ligg. glenohumeralia 
joylashadi (ras. 241). Ular bir tomondan yelka 
suyaginining anatomik bo’yinchasiga, ikkinchi 
tomondan esa kurak suyagining bo’g’im 
lablariga brikadi. Yuqorigi va o’rta boylam, 
kurakosti 
muskulining 
ostida 
yotuvchi 
cho’mtakchaning teshigi bilan ajiralib turadi. 
Boylamlar 
yelka 
suyagining 
bo’g’im 
kapsulasini old yuzasini mustaxkamlaydi.
Bundan tashqari, yelka bo’g’imida juda 
mustahkam 
bo’lgan 
tumshuqsimon-yelka 
boylami,
 lig. coracohumerale
, ham mavjud. U 
kapsulani fibroz qavatining yo’g’onlashuvidan 
hosil bo’lgan bo’lib, tumshuqsiomon o’siqning 
tashqi tomonidan yelka suyagining katta 
do’mboqchasiga tortilgan bo’ladi.
Tumshuqsimon-akramion 
boylam, 
lig. 
coracohumerale, yelka bo’g’imining ustida 
joylashgadi va kurakning akromion hamda 
tumshuqsimon o’sig’i bilan birgalikda yelka 
bo’g’imi gumbazini hosil qiladi. Bo’g’im 
gumbazi 
yelka 
bo’g’imini 
yuqoridan 
himoyalaydi va bog’im kapsulasining cho’zilib 
tortilishi bilan birgalikda qo’lni oldinga va yon 
tomonga 
yelka 
bo’g’imidan 
baland 
ko’tarilganda tormozlovchi ahamiyatga ega. 
Qo’lning yuqoriga harakati yelka bo’g’imi 
sathidan 
ko’tarilgandan so’ng kurakning 
harakati bilan birgalikda amalga oshadi. 
Yelka bo’g’imi uch o’qli, shakliga ko’ra 
sharsimon bo’g’imlarga kiradi. Yelka bo’g’imi 
odam tanasidagi juda harakatchan bo’g’im 
bo’lgani uchun qo’l ko’p erkin harakatlarni 
amalga oshira oladi.

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin