Страница | 85
yassi bo’g’im maydonchasi orqali III kaft
suyagining
asosi bilan brikadi; bu kaft
suyagining yan yuzalarida II va IV kaft
suyaklari bilan brikuvchi bo’g’im yuzalari
mavjud.
Ilmoqsimon suyak
Ilmoqsimon suyak,
os hamatum
(ras. 159 –
161), boshchali
suyak oldida joylashadi va
medial yuzasi bilan unga tegib turadi. Bu suyak
kaft usti suyaklari ikkinchi qatorining tirsak
tomonida joylashadi. Suyakning oldingi, kaft
yuzasida yaxshi rivojlangan hamda lateral,
bilak, tomonga qarab egilgan o’simta –
ilmoqsimon suyakning ilmog’i
, hamulus ossis
hamati,
joylashgan.
Suyakning proksimal
yuzasi yarimoysimon suyak bilan brikadi,
lateral yuzasi esa – bshchali suyak bilan,
medial, bir qancha bo’rtgan yuzasi – uchqirrali
suyak bilan brikadi. Suyakning distal yuzasida
IV va V kaft suyaklari bilan brikish uchun
bo’g’im maydonlari mavjud.
Bilak
ustining barcha suyaklari, ossa carpi,
(ras. 160, 161), bo’g’im va boylamlar bilan
brikadi.
Bilak ustining yuqorigi, yoki proksimal, bilak
suyaklariga qaragan tomoni, ko’ndalang
yo’nalishda ko’proq bo’rtgan.
Bilak ustining pastki
yoki distal yuzasi botiq
va bilakusti egatchasi,
sulcus carpi,
nomini
olgan. Egatchaning yon qirg’oqlari ikki tepalik
bilan chegaralangan. Bular: lateral tomondan –
qayiqsimon suyak va trapetsiya suyaklarining
do’mboqchalaridan
tashkil
topgan
bilakustining bilak tepaligi,
medial tomondan
esa – no’xotsimon suyak va ilmoqsimon
suyakning
ilmog’idan
iborat
bo’lgan
bilakustining tirsak tepaligi.
Dostları ilə paylaş: