Страница | 89
Chanoq suyagi
Chanoq suyagi,
os coxae,
(ras. 165 – 168; ras.
164.), juft, yosh bolalarda uchta alohida
suyakdan tashkil topgan: yonbosh, o’tirg’ich va
quymich. Kattalarda bu suyaklar birlashib ketib
butun chanoq suyagiga aylanib ketadi.
Bu suyaklarning tanalarri bir-biri bilan
birlashib,
chanoqning
tashqi
yuzasida
joylashgan quymich kosasini hosil qiladi.
Yonbosh suyagi
quymich kosasining yuqorigi
qismini tashkil etadi, o’tirg’ich suyagi –
orqapastki qismini va quymich suyagi esa –
pastoldingi qismini hosil qiladi. Har bir suyak
o’zining rivojlanish
davrida suyaklanish
nuqtasiga ega bo’ladi va 16-17- yoshgacha
quymich, o’tirg’ich, yonbosh, suyaklari
quymich kosasi soxasida tog’ay
orqali
birlashadi. Keyinchalik tog’ay suyaklanadi va
suyaklar orasidagi chegara uyg’unlashib ketadi.
Quymich kosasi,
acetabulum,
yo’g’onlashgan
quymich
kosasining
qirg’og’i,
limbus
acetabuli,
bilan chegaralangan. Qirg’oqning
oldpastki qismi uzuq bo’lib quymich
kosasining o’ymasi,
incisura acetabuli,
deb
ataladi.
Bu qirg’oqning
ichkari qismi, quymich
kosasining ichki yuzasi silliq yarimoysimon
bo’g’im yuzasi,
facies lunata,
ni o’zida
saqlaydi. Quymich kosasining tubida quymich
kosasining
chuqurchasi,
fossa
acetabuli
,
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: