Страница | 16
Dumg’azaning
yuqorigi lateral qismi,
kengaygan, uchburchaksimon bo’lib
uning
oldingi tomoni chanoqdagi chegaralovchi
chiziqni hosil qilishda qatnashadi va dumg’aza
qanoti,
ala sacralis
(ras 28,32) deb ataladi.
Dumg’azaning lateral yuzasida – quloqsimon
bo’g’im yuzasi,
facies auricularis,
bo’lib u
yonbosh suyagidagi shu nomli bo’g’im yuzasi
bilan brikadi. (chanoq mavzusida). Quloqsimon
bo’g’im yuzasining
orqa medial tomonida
dumg’aza g’adir- budurligi, tuberositas
sacralis, joylashgan bo’lib
bu yerga suyaklar
orasidagi dumg’aza-yonbosh boylami brikadi.
Dumg’aza erkaklarda ayollarga nisbatan uzun,
tor va ko’proq egilgan bo’ladi.
Dum
Dum,
os coccyges
(ras. 34, 35), 4-5 ta
umurtqadan (kam holatlarda 3-6 ta)
iborat
bo’lib kata odamda bir-biri bilan brikib ketadi.
Dum egilgan piramidasimon bo’lib, asosi
yuqoriga, cho’qqisi esa pastga qaragan bo’ladi.
Dumni hosil qiluvchi umurtqalar faqat tanaga
ega bo’ladi. I
dum umurtqasining yuqorigi
qismida, yuqorigi bo’g’im o’simdasi kichkina
o’siq –
dum shoxchasi, cornua coccygea,
holatida saqlanib qolgan. Bu shox dumg’aza
suyagidagi pastki shox bilan bog’im
hosil
qiladi. Dumning yuqorigi yuzasi sal botiq
bo’lib dumg’aza cho’qqisi bilan dumg’aza-dum
bo’g’imini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: