Страница | 18
bo’ladi. To’sh tanasi ayollarda erkaklarga
nisbatan qisqaroq bo’ladi.
Toshning oldingi
yuzasida embrional rivojlanish davrida uning
qisimlari qo’shilishidan hosil bo’lgan sust
ko’rinuvchi ko’ndalang chiziqlar mavjud.
To’sh dastasining pastki qismini uning tanasi
bilan briktirib turuvchi tog’ay – to’sh
dastasining
sinxondrozi,
synchondrosis
manubriosternalis
, bor bo’lib
dasta tana bilan
brikgan joyda o’tmas burchak – to’sh burchagi,
angulus sternalis
, hosil bo’ladi. Bu burchak
ikkinchi qovurg’ani to’shga
brikish joyiga
to’g’ri keladi va teri ostidan oson seziladi.
To’sh tanasinin yonbosh qismida to’rtta to’liq,
ikkita toliq bo’lmaan qovurg’a o’ymalari
incisurae
costales
,
-
II-VII
qovurg’a
tog’aylarining brikish joyi, bor bo’ladi. Birinchi
toliq bo’lmagan o’yma tananing yuqorigi
qismida joylashib II qovurg’a tog’ayi bilan
brikadi. Ikkinchi to’liq bo’lmagan o’yma
tananing
pastki yonboshida joylashib, VII
qovurg’a tog’ayi bilan brikadi. Qolgan to’liq
o’ymalar to’liq bo’maan o’ymalar orasida
joylashib, ularga III-VI qovurg’alar brikadi.
Yonbosh qisimdagi ikki qovurg’a o’ymasi
orasidagi joylar, yarimoysimon chuqurliklar
ko’rinishida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: